Toshkent va Dushanbe munosabatlarni yanada rivojlantiradi

© Press-slujba xokimiyata g. TashkentXokim Tashkenta Djaxongir Artikxodjayev vstretilsya s predsedatelem goroda Rustamom Emomali
Xokim Tashkenta Djaxongir Artikxodjayev vstretilsya s predsedatelem goroda Rustamom Emomali - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Emomali Rahmonning to‘ng‘ich o‘g‘li, Dushanbe shahri raisi Toshkentga keldi. Hokimlikda Jahongir Ortiqxo‘jayev va Rustam Emomali o‘zaro munosabatlarning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilishdi.

TOShKENT, 3 dek — Sputnik. Toshkent shahar hokimligida Dushanbe shahri raisi Rustam Emomali boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish masalasi muhokama etildi.

Poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent Dushanbe bilan har tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga tayyor ekanligini bildirgan.

Djaxongir Artikxodjayev vstretilsya s merom Seula Pak Vonsunom  - Sputnik O‘zbekiston
Jahongir Ortiqxo‘jayev Seul shahri meri bilan uchrashdi

Rustam Emomali samimiy qabul va do‘stona muhit uchun minnatdorligini izhor etgan va Toshkentning qurilish sohasidagi tajribasi bilan tanishish niyatidaligini ma’lum qilgan.

Shuningdek, kelgusi yilda Dushanbeda Toshkent kunlarini tashkil etish va uning doirasida yoshlar forumini o‘tkazish rejalashtirilayotganligini aytgan.

Uchrashuv davomida ikki tomon vakillari o‘rtasida 2020-2021 yillarda Toshkent shahri va Dushanbe shahri ijroiya qo‘mitalari o‘rtasida savdo-iqtiosdiy va madaniy-gumanitar sohalarda birgalikda bajariladigan tadbirlar rejasini amalga oshirishga qaratilgan bitim imzolandi.

Yangiliklar lentasi
0