Jamiyat

OʻFA Rustam Kariyevning yaqinlariga taʼziya izhor etdi

© Press-slujba Assotsiatsii futbola UzbekistanaRukovoditel i starshiy trener sbornoy Uzbekistana po futbolu sredi invalidov-amputantov Rustam Kariyev
Rukovoditel i starshiy trener sbornoy Uzbekistana po futbolu sredi invalidov-amputantov Rustam Kariyev - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston jamoasini bir necha marta jahon chempioni unvoni sazovor boʻlishiga hissa qoʻshgan bosh murabbiy Rustam Kariyev 2 dekabr kuni 68 yoshida vafot etdi.

TOSHKENT, 4 dek — Sputnik. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Oʻzbekiston amputantlar terma jamoasining bosh murabbiyi  Rustam Kariyevning yaqinlariga taʼziya izhor etdi.

Jamoani bir necha marta jahon chempioni unvoni sazovor boʻlishiga hissa qoʻshgan bosh murabbiy Rustam Kariyev 2 dekabr kuni 68 yoshida vafot etdi.

Sbornaya Uzbekistana invalidov-amputantov po futbolu - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Oʻzbek futbolini mashhur qilgan oyoqsiz futbolchilar muammolari - Kariyev bilan soʻnggi intervyu

“Oʻzbekiston amputantlar terma jamoasining xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlariga ulkan hissa qoʻshgan mutaxassis, Oʻzbekiston amputantlar terma jamoasini Jahon chempionatlarida gʻalabalarga yetaklay olgan futbol faxriysi Rustam Kariyev vafot etgani munosabati bilan marhumning yaqinlariga taʼziya izhor etamiz”, - deyiladi xabarda.

Oktyabr oyida Rustam Kariyevning jamoasi vatanga navbatdagi sovrinni – Gʻalaba kubogini olib kelishdi. Oʻzbekistonliklar Abxaziyadagi xalqaro turnirning eng yaxshi oʻyinchilariga aylanishdi. Bugungi kunda ushbu jamoa 11 karra Rossiya ochiq chempionati gʻolibi, koʻp bora “Rojdestvo kubogi”, ikki karra MDH kubogiga sohib chiqishga muvaffaq boʻlgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala