Dunyoda

Iroqda al-Bagʻdodiyning oʻrinbosari qoʻlga olindi

© AP Photo / albaraka_news, FileBoyeviki Islamskogo gosudarstva (IGIL)
Boyeviki Islamskogo gosudarstva (IGIL) - Sputnik Oʻzbekiston
Iroq harbiylari yoʻq qilingan “Islom davlati” yetakchisi al-Bagʻdodiyning oʻrinbosarini qoʻlga olishganini maʼlum qilishdi.

TOSHKENT, 4 dek — Sputnik. Iroq harbiylari yoʻq qilingan “Islom davlati”* yetakchisi Abu Bakr al-Bagʻdodiyning oʻrinbosari qoʻlga olinganini xabar qilishdi.

Kirkuk provintsiyasi Xavija qishlogʻi politsiyasi kvartirada yashirinib yotgan Abu Xaldun laqabli jangarini qoʻlga olishdi, deya maʼlum qilishgan RIA Novostiga Iroq xavfsizlik organlari matbuot xizmati.

Suriyada al-Bagʻdodiyning rafiqasi qoʻlga olindi

Jangarining Shaalyan Ubeyd nomiga berilgan qalbaki pasporti boʻlgan.

“Bu jinoyatchi al-Bagʻdodiyning oʻrinbosari lavozimni egallab kelgan va Salah-ad-Din provintsiyasida “harbiy emir boʻlgan”, - deyiladi xabarda.

AQSH prezidenti Donald Tramp 27 oktyabr kuni al-Bagʻdodiy yoʻq qilinganini maʼlum qildi. “ID”* yetakchisi  AQShning Suriya shimoliy-sharqidagi operatsiyasi natijasida yoʻq qilingan. Keyinchalik Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov Rossiyaning amerikalik harbiylar al-Bagʻdodiyni yoʻq qilish boʻyicha “navbatdagi” operatsiyani oʻtkazganligi haqida ishonchli maʼlumotlari yoʻqligini maʼlum qildi. Amaq nashri oʻz navbatida “ID”* oʻz rahbari yoʻq qilinganini tasdiqlagani haqida xabar tarqatdi.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala