Jamiyat

Oʻzbekistonda saylovchilar vaqtincha yashash joyida ovoz berish imkoniyatiga ega boʻladi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtishJenщina golosuyet na izbiratelnom uchastke
Jenщina golosuyet na izbiratelnom uchastke - Sputnik Oʻzbekiston
Agar fuqaro saylov uchastkasi hududida vaqtincha boʻlsa, u holda uni vaqtincha yashash joyida saylovchilar roʻyxatiga kiritish masalasi hal qilinmoqda.

TOSHKENT, 4 dekabr - Sputnik. Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan saylovlarda amalda birinchi marta Yagona elektron saylovchilar roʻyxati va saylov jarayonlari haqidagi axborotni boshqarish tizimi qoʻllaniladi, deb yozadi OʻzA.

Parlamentskiye vыborы v Uzbekistane proydut 22 dekabrya. - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Saylov komissiyasi ijtimoiy tarmoqda tarqalgan shubhali xabarni oʻrganadi

Kecha matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yangi loyihaga koʻra, fuqarolarni maʼlum bir uchastka saylovchilar roʻyxatiga kiritish uchastka saylov komissiyalari tomonidan oʻtkazilgan uyma-uy tekshirish natijalariga binoan amalga oshiriladi.

"Agar fuqaro saylov uchastkasi hududida vaqtincha yashasa, uchastka saylov komissiyasining aʼzosi uning ovoz berish kuni ushbu hududda boʻlish-boʻlmasligini aniqlaydi va uni vaqtincha yashash joyida saylovchilar roʻyxatiga kiritish masalasi hal qilinadi", - deyilgan bayonotda.

Agar saylovchi roʻyxatga olingan joyda yashamasa, u vaqtincha yashash joyidagi saylovchilar roʻyxatiga kiritilishi va ovoz berishi mumkin. Buning uchun u kamida uch kun oldin uchastka saylov komissiyasiga murojaat qilishi kerak.

Agar saylov uchastkasi xududida vaqtincha yashovchi fuqaro bilan suhbatlashish imkoniyati boʻlmasa, u ushbu manzil boʻyicha saylovchilar roʻyxatiga kiritilmaydi.

Eslatib oʻtamiz, 22 dekabrda Oʻzbekistonda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va viloyat, tuman, shahar kengashlari deputatlari saylovi boʻlib oʻtadi. Jarayon yangi Saylov kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi. Endilikda partiyalar barcha 150 ta saylov okruglarida nomzodlar koʻrsatish huquqiga ega.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala