Hodisalar

Samarqandda ona va qizining hayoti yongʻindan saqlab qolindi

© Sputnik / Aleksandr Piragis / Fotobankka oʻtishSotrudnik MCHS vo vremya tusheniya pojara
Sotrudnik MCHS vo vremya tusheniya pojara - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻt oʻchiruvchilar tutun bilan toʻlgan xonadondan ayol va uning 13 yoshli qizini oʻz vaqtida olib chiqishga muvaffaq boʻlishgan.

TOSHKENT, 4 dek — Sputnik. Samarqandda FVV xodimlari ikki kishining hayotini saqlab qolishdi.

FVV matbuot xizmati xabariga koʻra, 2 dekabr kuni soat 04:19 lar atrofida Samarqand shahri A.Temur koʻchasidagi xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro A.B. Samarqand viloyati FVB tezkor navbatchilik qismiga qoʻngʻiroq qilgan va uyda yongʻin chiqanligi toʻgʻrisida xabar bergan.

Goryaщiy avtobus - Sputnik Oʻzbekiston
TIV Rossiyada 50 kishi hayotini qutqarib qolgan oʻzbekistonlik haqida bayonot berdi

Toʻrt daqiqadan soʻng voqea joyiga boshqarma qutqaruvchilari va oʻt oʻchirish guruhi shaxsiy tarkibi yetib borib, zudlik bilan yongʻinni oʻchirishgan.

Taʼkidlanishicha, tezkor saʼy-harakatlar natijasida tutun bilan toʻlgan xonadon ichidan 1986 yilda tugʻilgan I.N. va uning qizi 2006 yilda tugʻilgan G.A. olib chiqilib, ularning hayoti saqlab qolingan. Hodisa oqibatida hech kim jablanmagan.

Yongʻin uyning hammomida elektr simlarini qisqa tutashuvi natijasida kelib chiqganligi taxmin qilinmoqda

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala