Toshkentda og‘ir ahvolda qolgan ayolga yordam ko‘rsatildi

© GUVD g. TashkentaSotrudniki GUVD Tashkenta pomogli jenshine, o bedstvennom polojenii kotoroy soobshili polzovateli sotsialnix setey
Sotrudniki GUVD Tashkenta pomogli jenshine, o bedstvennom polojenii kotoroy soobshili polzovateli sotsialnix setey - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aniqlanishicha, ayolning farzandlari uni parvarish qilmaydilar va holidan har doim ham xabar olishmaydi. Shu bois 76 yoshli ayol masjid yonida tilanchilik qilishga majbur bo‘lgan.

TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Toshkent shahar IIBB xodimlari og‘ir ahvolda qolgan ayolga yordam ko‘rsatdilar.

Ilgariroq internet tarmog‘ida Chilonzor tumanidagi masjid yonida tilanchilik qilayotgan ayolga yordam berish so‘ralgan xabar tarqalgan edi.

© GUVD g. TashkentaToshkent shahar IIBB xodimlari og‘ir ahvolda qolgan ayolga yordam ko‘rsatdilar
Toshkentda og‘ir ahvolda qolgan ayolga yordam ko‘rsatildi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent shahar IIBB xodimlari og‘ir ahvolda qolgan ayolga yordam ko‘rsatdilar

Ma’lum qilinishicha, Chilonzor tumani IIO FMB xodimlari masjid tomon yo‘l olishgan va sovuqotib qolgan ayolni eng yaqin mahalla fuqarolar yig‘iniga olish kelishgan.

Ayolning gaplariga qaraganda, uning ismi Parida-opa, yoshi 76 da, Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Uning uyi yong‘in oqibatida qulab tushgach, u farzandlari va nevaralari bilan Toshkentga ko‘chib kelgan. Poytaxtda ular ijaradagi xonadonda yashashadi, farzandlari ishsiz, oila og‘ir moliyaviy ahvolda qolganligi sababli u har kuni masjid yonida tilanchilik qilishga majbur bo‘layapti.

Xolod i golod: kak pomoch bezdomnomu v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
IIBB sovuqda uysiz qolgan kishilarning hayotini saqlab qolishga chaqirdi

Ta’kidlanishicha, Parida-opa Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markaziga vaqtinchalik joylashtirilgan.

“Parida K.ning yashash sharoiti o‘rganilgach, uning oilaviy sharoiti yaxshi emasligi ma’lum bo‘ldi: farzandlari uni parvarish qilmaydilar, ba’zi sharoitlar sababli har doim ham onasidan xabar olish imkoniyatlari yo‘q”, - deyiladi xabarda.

Xabarda ayolning pensiya ta’minoti va statsionar davolanishga joylash masalasi hal qilinayotgani qo‘shimcha qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar IIBB fuqarolardan ko‘chada sovuqda qolgan uysiz kishini ko‘rganda 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishni va shunday yo‘l bilan uning hayotini saqlab qolishga chaqirgani xabar qilingan edi. 

Yangiliklar lentasi
0