Jamiyat

Yil oxiriga qadar “Turkiston” bekatiga sinov tariqasida poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

© Press-slujba AO "Uzbekiston temir yullari".Do kontsa goda v testovom rejime budet zapuщen poyezd po stroyaщeysya Yunusabadskoy vetke metro
Do kontsa goda v testovom rejime budet zapuщen poyezd po stroyaщeysya Yunusabadskoy vetke metro - Sputnik Oʻzbekiston
Yunusobod yoʻnalishida olib borilayotgan yangi yer osti qurilish liniyalarining ikkinchi tunnelida burgʻilash ishlari yakuniga yetkazildi.

TOSHKENT, 4 dek — Sputnik. Metroning Yunusobod yoʻnalishidagi ikkinchi tunnelda burgʻilash ishlari yakunlandi. Joriy yil oxiriga qadar “Turkiston” bekatiga sinov tariqasida poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ xabariga koʻra, hozirgi kunda Yunusobod yoʻnalishining oʻng tunnelida burgʻilash ishlari tugatilib, mavjud boʻlgan “Shahriston” bekati bilan ulash ishlari boshlab yuborilgan.

Shavkat Mirziyoyev posetil Yashnabadskiy rayon Tashkenta i oznakomilsya s xodom stroitelstva metro - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Yunusobod metro liniyasida dastlabki burgʻulash ishlari yakunlandi

Muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini sozlash, “Shahriston” hamda qurilayotgan “Turkiston” va “Yunusobod” bekatlarini birlashtirish, shuningdek, temir izlarini yotqizish ishlari davom ettirilmoqda. 

Taʼkidlanishicha, loyihasi doirasida amalga oshirilgan umumiy ish hajmining 90 foizdan ortigʻi bajarilgan. Qurilish belgilangan jadvalga muvofiq amalga oshirib kelinmoqda.

“Joriy yil oxiriga qadar “Turkiston” bekatiga sinov tariqasida poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan. 2020 yilda esa yoʻlovchilar uchun poyezdlar harakatini yoʻlga qoʻyilishi kutilmoqda”, - deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Toshkent metropolitenining Yunusobod yoʻnalishida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala