O‘zbekiston va Rossiya harbiylari shartli terrorchilar to‘dasini “tor-mor qildi”

© Press-slujba Minoboroni UzbekistanaSovmestnie ucheniya "Vostok–2019" voyennoslujashix Uzbekistana i Rossii
Sovmestnie ucheniya Vostok–2019 voyennoslujashix Uzbekistana i Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Harbiylar tegishli qaror qabul qilingach, qo‘qqisdan hujum boshlashdi. Shartli dushman obyektlari va ularning jangovar texnikalari nishonga olishdi. Hamkorlikdagi bo‘linmalarning tezkor va shiddatli harakati tufayli shartli terrorchilar to‘dasi batamom tor-mor qilindi.

TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Sharqiy harbiy okrug “G‘urumsaroy” dala-o‘quv maydonda “Sharq – 2019” O‘zbekiston va Rossiya harbiy xizmatchilarining hamkorlikdagi taktik o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati Sputnik O‘zbekistonga ma’lum qildi.

Bir nechta o‘quv joylarida ishtirokchilar bilan jangovar va maxsus taktik tayyorgarlik yo‘nalishlarida mashg‘ulotlar tashkil etildi. Bo‘linmalar oldiga qo‘yilgan o‘quv vazifaga ko‘ra, shartli dushman obyektlarini qidirib topish, harakatlanish vaqtida qo‘qqisdan paydo bo‘lgan kichik guruhlarni yakson qilish talab etildi. Bunda asosiy e’tibor, harbiy xizmatchilarning jipsligini ta’minlash, bir-birini qo‘llagan holda dushman obyektiga talofat yetkazish kabilar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

© Press-slujba Minoboroni UzbekistanaSovmestnie ucheniya "Vostok–2019" voyennoslujashix Uzbekistana i Rossii
O‘zbekiston va Rossiya harbiylari shartli terrorchilar to‘dasini “tor-mor qildi” - Sputnik O‘zbekiston
Sovmestnie ucheniya "Vostok–2019" voyennoslujashix Uzbekistana i Rossii

O‘quv qatnashchilari qurol-aslaha va anjomlari bilan 5 km masofaga marsh yugurish mashqlarini bajarishdi. Bunda ularning abjirligi, chidamliligi sinovdan o‘tgan bo‘lsa, tog‘ tayyorgarligidan murakkab to‘siqlar yo‘lagidan o‘tish, yaradorlarni evakuatsiya qilish mashqlarini ham katta mahorat bilan bajarishdi.

© Press-slujba Minoboroni UzbekistanaSovmestnie ucheniya "Vostok–2019" voyennoslujashix Uzbekistana i Rossii
O‘zbekiston va Rossiya harbiylari shartli terrorchilar to‘dasini “tor-mor qildi” - Sputnik O‘zbekiston
Sovmestnie ucheniya "Vostok–2019" voyennoslujashix Uzbekistana i Rossii

Shuningdek, harbiylar tungi sharoitda ham mashg‘ulotlar o‘tkazishdi. Rejaga ko‘ra, chegara xududlarida qo‘poruvchilik harakatlarini rejalashtirgan jangari to‘dani aniqlash va yakson qilish vazifasi yuklatildi.

Shartli dushman ehtimol tutilgan hududda razvedka ishlari o‘tkazilib, olingan ma’lumotlar zudlik bilan yuqori qo‘mondonlikka yetkazildi. Bo‘linma komandiri tomonidan tegishli qaror qabul qilingach, qo‘qqisdan hujum boshlandi. Shartli dushman obyektlari va ularning jangovar texnikalari nishonga olindi. Hamkorlikdagi bo‘linmalarning tezkor va shiddatli harakati tufayli shartli terrorchilar to‘dasi batamom tor-mor qilindi. 

Xabarda mashg‘ulotlar yuksak saviyada o‘tgani, mashqlar ikki davlat harbiylariga tajriba almashishlari uchun katta imkoniyat yaratgani ta’kidlangan.

Yangiliklar lentasi
0