Siyosat

Britaniya qirolichasi Oʻzbekiston madaniy va tarixiy merosidan boxabarligini namoyish etdi

© press-slujba MID RUzPosol Uzbekistana v Soyedinyonnom Korolevstve Velikobritanii i Severnoy Irlandii Said Rustamov vruchil veritelnыe gramotы Koroleve Yelizavete II.
Posol Uzbekistana v Soyedinyonnom Korolevstve Velikobritanii i Severnoy Irlandii Said Rustamov vruchil veritelnыe gramotы Koroleve Yelizavete II. - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekistonning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchisi qirolicha Yelizaveta II ga ishonch yorliqlarini topshirdi.

TOSHKENT, 5 dek — Sputnik. Oʻzbekistonning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchisi Said Rustamov qirolicha Yelizaveta II ga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Podpisan dogovor o sotrudnichestve mejdu Uzbekistanom i Britaniyey - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
TIVda Oʻzbekiston – Britaniya hamkorlik shartnomasi imzolandi

Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga koʻra, rasmiy marosimdan keyin boʻlib oʻtgan suhbatda prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda olib borilayotgan keng koʻlamli va keng qamrovli islohotlar mavzusi alohida muhokama qilingan.

Mamlakatni modernizatsiya qilish jarayonlarida Buyuk Britaniyaning ilgʻor tajribasi, ayniqsa taʼlim, parlamentarizm, qonun ustuvorligi va bank-moliya sohalaridagi yutuqlaridan foydalanish boʻyicha Oʻzbekiston saʼy-harakati taʼkidlandi.

“Buyuk Britaniya Qirolichasi Oʻzbekistonning madaniy va tarixiy merosi, avvalo Samarqandning qadimiy arxitekturasi haqida xabardorligini namoyish etdi”, - deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, qirolicha taʼlim sohasini ustuvor rivojlantirish, jumladan, boshlangʻich sinflardan ingliz tilini oʻrgatishni joriy etish borasidagi Oʻzbekiston saʼy-harakatlarini yuqori baholagan va oʻzaro manfaatli barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish zarurligini qoʻllab-quvvatlagan.

Yangiliklar lentasi
0