Gollivud, Bollivud, bizda esa – Sollywood bo‘ladi!

© DaryoProyekt "Sollywood cinema city" v Samarkande
Proyekt Sollywood cinema city v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShda — Gollivud, Hindistonda — Bollivud. O‘zbekistonda esa - “Sollivud” nomli kinochilar shaharchasi quriladi.

TOShKENT, 5 dek - Sputnik. Samarqand yaqinida Gollivudga o‘xshash kinochilar shaharchasi quriladi, deb xabar qilmoqda “Daryo” nashri. Nurobod tumani Oqsoy hududida qurilishi rejalashtirilgan kinoshaharcha loyihasi Vendo group kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.

“Loyihaning umumiy yer maydoni 160 gektar bo‘lib, shaharcha Cinema City Sollywood nomini oladi. Unda zamonaviy ko‘rinishdagi 3—4 yulduzli mehmonxonalar, restoran va kafelar, dam olish va istirohat bog‘lari (bulvar, tropik), akvapark, kinoteatr, konsertlar va konferensiyalar o‘tkaziladigan zallar barpo etiladi”, — deydi loyiha muallifi H.Mamasoliyev.

Loyihani 2022 to‘la quvvatda ishga tushirish  rejalashtirilgan.Shaharcha AQShning Daha USA Group hamda Xitoyning Yiwu Compass Trading kompaniyalari bilan hamkorlikda quriladi. Birinchi bosqichda 15,0 million AQSh dollari miqdoridagi investitsiya mablag‘larini kiritish rejalashtirilgan.

Ushbu loyiha tufayli hududda 500 ga yaqin yangi ish o‘rinlari ochiladi.Shuningdek, shaharchada avtomobil ishqibozlari uchun “Avtoralli yo‘lagi”, turizmni rivojlantirish va sayyohlar tashrifini oshirish uchun Okeanarium qurish ham ko‘zda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0