Kasaba uyushmasi ishdan nohaq haydalgan farroshlar huquqini sud orqali tikladi

© Sputnik Tabildi KadirbekovUborka listyev na ulitsax Bishkeka, arxivnoe foto
Uborka listyev na ulitsax Bishkeka, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maktab farroshligidan nohaq bo‘shatilgan ayollar o‘z vazifalariga qayta tiklangan hamda ularga majburiy progul kunlari uchun jami 1 million 585 ming ish xaqi undirilishi belgilangan.     

TOShKENT, 5 dek - Sputnik. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi qoshida faoliyat ko‘rsatayotgan Yuridik klinika - 1092 "Ishonch telefoni"ga mehnatkashlardan kelgan yozma va og‘zaki murojaatlarni o‘rganmoqda. Xususan, Sirdaryo viloyati birlashmasiga murojaat qilgan mahalliy ikki fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatildi, deb xabar berdi uyushma matbuot xizmati.

Kaski rabochix na zavode - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda kasaba uyushmalari haqidagi xalqaro konvensiya kuchga kirdi

Ma’lum bo‘lishicha, fuqarolar D.Subhonova hamda  M.Akbarovalar Mirzaobod tumanidagi 31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida farrosh vazifasida ishlab kelganlar. Ammo ish beruvchi ular bilan tuzgan mehnat shartnomasini mehnat intizomini qo‘pol buzganliklari vaji bilan bekor qilgan. Ayollar qisqa "Ishonch raqamiga" qo‘ng‘iroq qilib, ushbu masalani qonuniyligini o‘rganish va ishga tiklanishlarida amaliy yordam so‘rashgan.

"O‘rganishlar davomida D.Subhonova hamda M.Akbarovalar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishida mehnat qonunchiligining bir qator talablari buzilganligi aniqlandi. Shu asosda xodimlarni ishga tiklash va majburiy progul davri uchun ularga xaq berilishi yuzasidan Kasaba uyushmalari tomonidan maktab ma’muriyatiga taqdimnoma kiritildi. Biroq, birlashmaning ushbu taqdimnomasi ijrosi 31-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi ma’muriyati tomonidan ijobiy hal etilmadi", - deyilgan xabarda.

Shundan so‘ng Sirdaryo viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tomonidan fuqarolar qonuniy huquqlarini tiklash uchun Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sirdaryo viloyat sudiga da’vo arizasi kiritilgan. Mazkur da’vo arizasiga asosan hal qiluv qarori qabul qilinib, xodimlar D.Subhonova hamda M.Akbarovalar o‘z vazifalariga qayta tiklangan hamda ularga majburiy progul kunlari uchun jami 1 million 585 ming 612 so‘m ish xaqi undirilishi belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0