Temur Kapadze O‘zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaTemur Kapadze naznachen glavnim trenerom sbornoy Uzbekistana U-19
Temur Kapadze naznachen glavnim trenerom sbornoy Uzbekistana U-19 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Temur Kapadze O‘zbekiston U-19 terma jamoasini kelasi yilning 14–31 oktabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati final bosqichiga tayyorlaydi.

TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Temur Kapadze O‘zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda O‘FA xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, Temur Kapadze O‘zbekiston U-19 terma jamoasini kelasi yilning 14–31 oktabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati final bosqichiga tayyorlaydi.

Temur Kapadze - Sputnik O‘zbekiston
Temur Kapadze O‘zbekiston milliy terma jamoasiga vaqtinchalik bosh murabbiy bo‘ldi

Yoshlarning ushbu chempionatgacha bo‘lgan tayyorgarlik rejasi ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra U-19 termasi tayyorgarlik jarayoni sanasi O‘zbekiston MTJning FIFA kunlari doirasidagi taqvimi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelmaydi. Shu sababli, Temur Kapadze milliy jamoada ham bosh murabbiy yordamchisi sifatidagi faoliyatini davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Avvalroq U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralash bahslari doirasidagi Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda o‘zlarini noprofessional tarzda tutganliklari uchun O‘FA Ijroqo‘mi O‘zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi Otabek G‘ulomxo‘jayev rahbarligidagi murabbiylar shtabini egallab turgan lavozimidan ozod etish bo‘yicha qaror chiqargan edi.

Yangiliklar lentasi
0