Jamiyat

Qamoqdan chiqqan 129 ayollarning ishga joylashishiga yordam berildi - IIV

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Fotobankka oʻtishKolyuchaya provoloka
Kolyuchaya provoloka - Sputnik Oʻzbekiston
Jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelgan yoki jinoyat sodir etgan ayollarning ishga joylashishi va ish topishi muammosi dolzarbligicha qolmoqda.

TOSHKENT, 5 dek — Sputnik. Iyul oyidan buyon 129 nafar jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelgan xotin-qizlarning ishga joylashishiga yordam berildi. Bu haqda Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari – xotin-qizlar masalalari boʻyicha boʻlim boshligʻi Umida Abdullayeva AOKAda boʻlib oʻtgan “Xotin-qizlar va voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga qaratilgan chora-tadbirlar haqida” mavzusidagi matbuot anjumanida maʼlum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

“Jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelgan yoki jinoyat sodir etgan ayollarni moslashtirish va reabilitatsiya jarayoni oʻzicha kechmaydi. Shu qatorda ish muammosi juda dolzarb muammo. Bugungi kunga qadar 4 oy davomida 129 nafar xotin-qizlarga yordam berdik”, - deya maʼlum qildi Umida Abdullayeva.

Shuningdek, u Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oila markazi, Fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa vazirlki va idoralar bilan hamkorlikda ish olib borilayotgani qoʻshimcha qildi.

Hukumat qarori: 88 mingdan ortiq ishsiz ayolning bandligi taʼminlanadi

Qayd etilishicha, joriy yilning oʻtgan davri mobaynida xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 32,8 foizga  -4861 tadan 3267 taga kamayishiga eritilgan. 25 mingdan ortiq oilaning notinchligiga barham berilgan hamda 10 mingdan ortiq yosh oilaning ajrashib ketishi oldi olingan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala