“O‘ztransgaz” Toshkentda gaz o‘chishi sababini ma’lum qildi  

© UztransgazVosstanovlenie gazosnabjeniya v Tashkente
Vosstanovlenie gazosnabjeniya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘ztransgaz" metro qurilishi tufayli vaqtincha buzilgan gaz quvuri qayta tiklanayotganini xabar qildi.

TOShKENT, 5 dek - Sputnik. Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta’minoti uzilishiga gaz quvurining vaqtincha demontaj qilinishi sabab bo‘ldi, deb xabar qildi “O‘ztransgaz”.

“Rohat mavzesi tomondan Qo‘yliq bozorigacha bo‘lgan Toshkent halqa yo‘li bo‘ylab yer usti metro qurilishi vaqtida, zarurat tufayli, 1,5 km uzunlikdagi gaz quvuri demontaj qilindi. Shu sababli sovuq kunlarda shaharning ayrim hududlarida tabiiy gaz taqchilligi kuzatildi”, - deyligan xabarda.

- Ayni damda, gaz quvurini tiklash bo‘yicha qurilish ishlari olib borilmoqda, Qo‘ylik dexqon bozori yaqinidagi halqa yo‘li yoqalab 800 metr gaz quvurlari yotqizildi. Qayta tiklanadigan gaz quvurining uzunligi 1,5 kmdan ortiq, diametri 700 mm. Qurilishga 35 dan ortiq mutaxassislar va 14ta maxsus texnika jalb etilgan. Qurilish ishlari tunu-kun tashkil etilgan.Vaqtinchalik noqulaylik uchun “O‘ztransgaz” AJ uzr so‘raydi, - deyilgan ta’minot kompaniyasi rasmiy xabarida.

© UztransgazVosstanovlenie gazosnabjeniya v Tashkente
“O‘ztransgaz” Toshkentda gaz o‘chishi sababini ma’lum qildi   - Sputnik O‘zbekiston
Vosstanovlenie gazosnabjeniya v Tashkente
Yangiliklar lentasi
0