Dunyoda ilk bor "yadroviy chemodan"ning ichi namoyish qilindi

© TV "Zvezda"Yaderniy chemodanchik
Yaderniy chemodanchik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti har doim o‘zi bilan olib yuradigan “yadroviy chemodan”ning ichida nimalar borligi ma’lum bo‘ldi.

TOShKENT, 6 dek - Sputnik. Rossining “Zvezda” telekanali ko‘rsatuvlaridan birida Rossiya prezidenti har doim o‘zi bilan olib yuradigan “yadroviy chemodan”ning ichki ko‘rnishi namoyish qilindi.

Voyenniy ekspert Aleksandr Jilin. Foto so stranisi Twitter polzovatelya @azhilin1 - Sputnik O‘zbekiston
AQShning kosmosdagi tajribalari yadroviy quroldan ham qo‘rqinchliroq - Jilin

Teleko‘rsatuv davomida namoyish qilingan fotosuratlarda 1960-yillarda ishlab chiqarilgan birinchi yadroviy chemodanning ichi ko‘rsatilgan.

Fotosuratlarda ko‘rinib turganidan ma’lumki “yadroviy chemodan” ichida 0-9gacha bo‘lgan raqamlar, elektron ekran va “Pusk” (uchirish)  va “Otmena” (bekor qilish) degan tugmalar bor ekan. Kutilmaganda, yadroviy raketani uchiruvchi tugmacha oq rangda, zarbani bekor qiluvchi tugmacha esa qizil rangda ekan.  

Ushbu chemodan doimo prezident yaqinida bo‘luvchi harbiy ofitser qo‘lida bo‘lishi shart ekan. Raketani uchirish uchun chemodanning maxsus bo‘limiga 2ta flesh-kartani joylashtirish kerak ekan. Flesh kartalardan biri prezident tomonidan joylashtirilar ekan. Ushbu flesh kartalarda raqamli imzo joylashtirilgan.

Ushbu ko‘rsatuv Rossiya raketa qo‘shinlarining 60-yillik yubileyiga bag‘ishlangan.

 

 

Yangiliklar lentasi
0