Shvetsiya soni tobora ortayotgan o‘zbekistonlik nolegal muhojirlardan tashvishlanmoqda

© Foto : UnifFlag Shvetsii
Flag Shvetsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, shu kunlarda Bandlik va mehnat vazirligida Shvetsiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ingrid Tersman bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

TOShKENT, 6 dek - Sputnik. Kelgusi yilda Stokgolmda O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining rasmiy vakolatxonasini ochish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda bugun O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mutasaddilari bilan bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.

Agentstvo vneshney trudovoy migratsii - Sputnik O‘zbekiston
Labor migration – mehnat migrantlarini himoya qiladi

Ta’kidlanishicha, shu kunlarda Bandlik va mehnat vazirligida Shvetsiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ingrid Tersman bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Shvetsiya elchisi hozirda mamlakatda o‘zbekistonlik nolegal mehnat muhojirlari soni ko‘payib borayotganligi, shu bois, Shvetsiya rasmiylari ularni legallashtirish chorasi ustida bosh qotirishayotganini, mamlakatda Mehnat vazirligi rasmiy vakolatxonasi ochilsa, maqsadga muvofiq bo‘lishini ma’lum qilgan.

"Biz Shvetsiya tomonining taklifini Tashqi ishlar vazirligiga yetkazdik. Kelgusi yilda rasmiy vakolatxona ochilishini rejalashtirganmiz", - dedi vazir o‘rinbosari Bahodir Umurzakov.

Yangiliklar lentasi
0