Toshkentda 15 dekarbdan ishonchli va arzon oziq-ovqat yarmarkalari ochiladi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishForum-vistavka "Goszakaz - Za chestnie zakupki"
Forum-vistavka Goszakaz - Za chestnie zakupki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu yarmarkalarda xaridorlarga sifatli va iste’mol uchun xavfsiz bo‘lgan go‘sht, sut, qandolat mahsulotlari, meva-sabzavot konservalari, salqin ichimliklar barqaror narxda taqdim etiladi.

TOShKENT, 6 dek - Sputnik. Yangi yil bayrami munosabati bilan poytaxt bozorlarida "O‘zbekoziqovqatxolding"ning oziq-ovqat yarmarkalari ochiladi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Pokupatel v supermarkete - Sputnik O‘zbekiston
Oziq-ovqat xavfsizligi davlat siyosati ishlab chiqiladi

“Yangi yil arafasida iste’mol bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlariga talab oshishi tufayli “olibsotarlar” tomonidan narxlarni sun’iy oshirib yuborishi holatlari uchrab turadi. Yana bir xavotirimiz ishlab chiqarish manbasi noma’lum bo‘lgan, inson sog‘ligiga xavf tug‘diruvchi sifatsiz, kontrafakt va kontrabanda mahsulotlarning bozor rastalaridan joy olishi bilan bog‘liq.

Mana shunday holatlarning oldini olish, Yangi yil arafasida poytaxtimizdagi iste’mol bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlar narxining barqarorligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida 15-dekabrdan Toshkent shahridagi dehqon bozorlarida “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tizimidagi korxonalar tomonidan oziq – ovqat mahsulotlari savdosi tashkil etiladi" - deyiladi xabarda.

Oziq-ovqat yarmarkalari poytaxtning eng yirik bozorlari bo‘lmish Qo‘yliq (Bektemir tumani), Sirg‘ali (Sirg‘ali tumani), Aviasozlar (Yashnobod tumani), Qora-Qamish (Olmazor tumani), Navro‘z (Mirzo Ulug‘bek tumani), Yunusobod (Yunusobod tumani), Beshog‘och bozori Qozrabot filiali (Chilonzor tumani), Askiya (Yakkasaroy tumani), Farxod (Uchtepa tumani), Eski jo‘va (Shayxontoxur tumani), Mirobod ( Mirobod tumani) hamda Oloy (Yunusobod tumani) bozorlarida tashkil etilmoqda.

Ushbu yarmarkalarda xaridorlarga sifatli va iste’mol uchun xavfsiz bo‘lgan go‘sht, sut, qandolat mahsulotlari, meva-sabzavot konservalari, salqin ichimliklar barqaror narxda taqdim etiladi.

Yangiliklar lentasi
0