Yana avariya: Oʻzbekistonning 7ta viloyati aholisi vaqtincha svetsiz qoldi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka oʻtishDыm iz trub v Kazani
Dыm iz trub v Kazani - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Milliy dispetcherlik markaziga maʼlum qilingan xabarlarga koʻra, ayni paytda "Talimarjon IES" energoblokining avariyaviy oʻchish sabablari aniqlanib, ishga tushirish yuzasidan zarur choralar koʻrilmokda.

TOSHKENT, 7 dek - Sputnik. Kuni kecha, 6 dekabr kuni "Tolimarjon issiqlik elektr stantsiyasi"da 800 mVtli 1-energoblok texnologik himoya ishlashi sababli nosozlik holati bilan oʻchdi. Bu haqda "Oʻzbekiston MET" AJ axborot xizmati xabar bermoqda.

Vvod v ekspluatatsiyu TES - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda Tolimarjon IES xususiylashtiriladi

"Buning natijasida Qashkadaryo, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlarida avariyaga qarshi avtomatika tizimi orqali isteʼmolchilar vaqtincha tarmoqdan uzildi", - deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, texnik holat tufayli yuz bergan nosozlikdan soʻng darhol energetika tizimidagi mavjud zaxira quvvatlarini ishga solish evaziga elektr taʼminotidan uzilgan isteʼmolchilarga kuchlanish berish choralari koʻrilgan.

Milliy dispetcherlik markaziga maʼlum qilingan xabarlarga koʻra, ayni paytda "Talimarjon IES" energoblokining avariyaviy oʻchish sabablari aniqlanib, ishga tushirish yuzasidan zarur choralar koʻrilmokda.

Bu haqda "Issiqlik elektr stantsiyalari" AJ matbuot xizmati rasmiy bayonot qilishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0