Sport

Mahmud Murodov amerikalik raqibini yer tishlatdi – video

© Facebook / Makhmud "Mach" MuradovMaxmud Muradov
Maxmud Muradov - Sputnik Oʻzbekiston
UFC bilan shartnoma imzolagan oʻzbekistonlik Mahmud Murodov ikkinchi jangini amerikalik Trevor Smitga qarshi oʻtkazdi. U uchinchi raundda raqibini chuqur nokaut holatiga tushirib qoʻydi.

TOSHKENT, 8 dek — Sputnik. Mahmud Murodov UFC’dagi ikkinchi jangini amerikalik Trevor Smitga qarshi oʻtkazdi va uni nokaut holatiga tushirdi. Jang Vashingtondagi musobaqa doirasida boʻlib oʻtdi.

Oktagonga koʻtarilgan Murodov raqibini soʻnggi uchinchi raundda chuqur nokaut holatiga tushirib qoʻydi va gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Jangdan soʻng Murodov muxlislariga videomurojaat yoʻlladi va unda ushbu gʻalabasini Oʻzbekistonga xalqiga va prezidentga bagʻishlashini aytdi. Shuningdek, u uni qoʻllab-quvvatlaganlarga minnatdorchilik bildirdi.

38 yoshli amerikalik Trevor Smit UFC’da 11 ta jang oʻtkazgan. Ulardan 5 tasida gʻalaba qozongan boʻlsa, 6 tasida magʻlub boʻlgan.

Eslatib oʻtamiz, Mahmud Murodov UFC’dagi debyut jangini italiyalik Alessio di Kirikoga qarshi oʻtkazib, ustunlikka erishgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala