Oreshkin Putin va Lukashenko muzokaralarining natijalarini ma’lum qildi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin provel peregovori s prezidentom Belorussii A. Lukashenko v Sochi
Prezident RF V. Putin provel peregovori s prezidentom Belorussii A. Lukashenko v Sochi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sochida Rossiya va Belarus davlatlari rahbarlarining muzokaralari besh yarim soat davom etdi. Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri ushbu muzokaralar yakunlari haqida so‘zlab berdi.

TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘rtasidagi muzokaralar yakunlarini ma’lum qildi.

“Bir qator sohalarda, qishloq xo‘jaligi, aloqa, bojxona va neft bozorini tartibga solishda haqiqatdan ham muhim natijalarga erishishdi, hattoki neft va gaz masalasida ham tomonlarning pozitsiyalari juda jiddiy yaqinlashdi”, - deya Oreshkin so‘zlaridan keltiradi RIA Novosti.

Prezident Belorussii Aleksandr Lukashenko  - Sputnik O‘zbekiston
Lukashenko 2020-yildagi prezident saylovlarida ishtirok etmoqchi

Oreshkinning aytishicha, 9-dekabrdan Moskva va Minsk ushbu muzokaralarda olingan ko‘rsatmalarni ekspert darajasida batafsil ishlab chiqishni boshlaydi va yo‘l xaritalarini shakllantiradi.

Shuningdek, Oreshkin Rossiya va Belarus yetakchilarining keyingi uchrashuvi 20-dekabr kuni Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilganini ma’lum qildi.

7 dekabr kuni ikki mamlakat bosh vazirlari Dmitriy Medvedev va Sergey Rumas muzokaralar o‘tkazishdi. Sochida 8-dekabr kuni esa prezidentlar darajasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Vladimir Putin va Belarus  Aleksandr Lukashenkoning yopiq doiradagi uchrashuvi besh yarim soat davom etdi.

Yangiliklar lentasi
0