Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting

Toshkentda YPX inspektori muqaddam sudlangan mast haydovchining oyogʻiga oʻq uzdi

© AP Photo / Umida AkhmedovaUzbekskiye militsionerы ryadom s patrulnoy mashinoy
Uzbekskiye militsionerы ryadom s patrulnoy mashinoy - Sputnik Oʻzbekiston
YPX inspektori YTH sodir etgan va mast haydovchiga nisbatan qurol qoʻllashga majbur boʻldi. Haydovchi yonidagi pichogʻini xodimlarga sanchmoqchi boʻlgan.

TOSHKENT, 8 dek — Sputnik. Toshkent shahar IIBB xodimlari 8 dekabrga oʻtar kechasi mast holdagi va pichoq bilan tahdid qilgan haydovchini ushlash uchun qurol qoʻllashga majbur boʻlishdi. IIBB matbuot xizmati hodisa tafsilotlarini maʼlum qildi.

Sotrudnik GAI - Sputnik Oʻzbekiston
Buxoroda YPX inspektorining xizmat koʻylagini yirtgan haydovchi qamaldi

Xabarda yozilishicha,  taxminan soat 3.10 da Chilonzor tumanidagi Muqimiy va Baynalminal koʻchalari kesishmasida “Labo” haydovchi beton toʻsiqqa borib urilgan, soʻngra avtomobil agʻdarilib ketgan. IIBB xodimlari va hodisa guvohlari kelib yordamga, avtomobil gʻildiraklarini oʻnglab qoʻyishgan.

Haydovchi kabinadan chiqmagan. Voqea joyiga birinchi boʻlib yetib kelgan PPX xodimi yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga YTH haqida xabar bergan. Haydovchidan tibbiy yordam kerakligi haqida soʻramoqchi boʻlganida, xodim haydovchining gʻayritabiiy harakatlari va gaplariga, hamda harakatlarida muvofiqlik yoʻqligiga eʼtibor qaratib, bu haqda YPX inspektorlarini ogohlantirgan.

Taxminga koʻra haydovchi psixotrop vositalar yoki spirtli ichimliklar taʼsiri ostida boʻlgan. Kutilmaganda haydovchi YTH joyiga yetib kelgan YPX inspektorlariga qarshilik koʻrsata boshlab,  tinchlanish va jamoat tartibini saqlash haqidagi chaqiruvlarga javoban tajovuzkorona harakatlar qilgan.

© GUVD g. TashkentaToshkentda YPX inspektori muqaddam sudlangan mast haydovchining oyogʻiga oʻq uzdi
Toshkentda YPX inspektori muqaddam sudlangan mast haydovchining oyogʻiga oʻq uzdi - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkentda YPX inspektori muqaddam sudlangan mast haydovchining oyogʻiga oʻq uzdi

Yonidagi pichogʻini chiqarib, kimda kim yaqinlashsa unga jarohat yetkazishi bilan qoʻrqitgan.

Taʼkidlanishicha, hodisa atrofida odam koʻpaya boshlagach, fuqarolar va xodimlar hayoti va sogʻligʻi uchun real xavf yuzaga kelgan.

YPX inspektori kichik serjant T.O. tabel qurolini qoʻllashga qaror qiladi. YPX inspektori bir necha marta haydovchini qoʻrol qoʻllashi haqida ogohlantirishiga qaramasdan, haydovchi oʻzini agressiv tutishda davom etib, xodimlarga pichoq sanchmoqchi boʻlgan.

“Shundan soʻng YPX inspektori yoʻriqnomaga muvofiq harakat qilib, osmonga oʻq uzdi, bu ham qoidabuzarga taʼsir qilmaganidan soʻng, uning oyogʻiga qarata oʻq oʻzdi. Faqatgina shundan soʻng qoidabuzar pichogʻini tashladi. Uning qoʻllari kishanlanib, tibbiy yordam koʻrsatish uchun shifoxonaga yetkazildi”, - deyiladi xabarda.

Aniqlanishicha, haydovchi Shayxontohur tumanida yashovchi, muqaddam qasddan odam oʻldirish va qasddan badanga yengil shikast yetkazish bilan sudlangan 43 yoshli Nusrat I. ekan. “Labo” avtomobili salonida ochiq holatdagi aroq va konyak shishalari topilgan.

Tuman prokuraturasi jinoiy ish qoʻzgʻatilishi masalasi bilan shugʻullanmoqda. Toshkent shahar IIBB boshligʻi xodimlarni ragʻbatlantirish haqida topshiriq berdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala