Toshkentda YPX inspektori muqaddam sudlangan mast haydovchining oyog‘iga o‘q uzdi

© AP Photo / Umida AkhmedovaUzbekskie militsioneri radom s patrulnoy mashinoy
Uzbekskie militsioneri radom s patrulnoy mashinoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
YPX inspektori YTH sodir etgan va mast haydovchiga nisbatan qurol qo‘llashga majbur bo‘ldi. Haydovchi yonidagi pichog‘ini xodimlarga sanchmoqchi bo‘lgan.

TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Toshkent shahar IIBB xodimlari 8-dekabrga o‘tar kechasi mast holdagi va pichoq bilan tahdid qilgan haydovchini ushlash uchun qurol qo‘llashga majbur bo‘lishdi. IIBB matbuot xizmati hodisa tafsilotlarini ma’lum qildi.

Sotrudnik GAI - Sputnik O‘zbekiston
Buxoroda YPX inspektorining xizmat ko‘ylagini yirtgan haydovchi qamaldi

Xabarda yozilishicha,  taxminan soat 3.10 da Chilonzor tumanidagi Muqimiy va Baynalminal ko‘chalari kesishmasida “Labo” haydovchi beton to‘siqqa borib urilgan, so‘ngra avtomobil ag‘darilib ketgan. IIBB xodimlari va hodisa guvohlari kelib yordamga, avtomobil g‘ildiraklarini o‘nglab qo‘yishgan.

Haydovchi kabinadan chiqmagan. Voqea joyiga birinchi bo‘lib yetib kelgan PPX xodimi yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga YTH haqida xabar bergan. Haydovchidan tibbiy yordam kerakligi haqida so‘ramoqchi bo‘lganida, xodim haydovchining g‘ayritabiiy harakatlari va gaplariga, hamda harakatlarida muvofiqlik yo‘qligiga e’tibor qaratib, bu haqda YPX inspektorlarini ogohlantirgan.

Taxminga ko‘ra haydovchi psixotrop vositalar yoki spirtli ichimliklar ta’siri ostida bo‘lgan. Kutilmaganda haydovchi YTH joyiga yetib kelgan YPX inspektorlariga qarshilik ko‘rsata boshlab,  tinchlanish va jamoat tartibini saqlash haqidagi chaqiruvlarga javoban tajovuzkorona harakatlar qilgan.

© GUVD g. TashkentaSotrudniki GUVD Tashkenta bili vinujdeni primenit orujie, chtobi zaderjat voditelya.
Toshkentda YPX inspektori muqaddam sudlangan mast haydovchining oyog‘iga o‘q uzdi - Sputnik O‘zbekiston
Sotrudniki GUVD Tashkenta bili vinujdeni primenit orujie, chtobi zaderjat voditelya.

Yonidagi pichog‘ini chiqarib, kimda kim yaqinlashsa unga jarohat yetkazishi bilan qo‘rqitgan.

Ta’kidlanishicha, hodisa atrofida odam ko‘paya boshlagach, fuqarolar va xodimlar hayoti va sog‘lig‘i uchun real xavf yuzaga kelgan.

YPX inspektori kichik serjant T.O. tabel qurolini qo‘llashga qaror qiladi. YPX inspektori bir necha marta haydovchini qo‘rol qo‘llashi haqida ogohlantirishiga qaramasdan, haydovchi o‘zini agressiv tutishda davom etib, xodimlarga pichoq sanchmoqchi bo‘lgan.

“Shundan so‘ng YPX inspektori yo‘riqnomaga muvofiq harakat qilib, osmonga o‘q uzdi, bu ham qoidabuzarga ta’sir qilmaganidan so‘ng, uning oyog‘iga qarata o‘q o‘zdi. Faqatgina shundan so‘ng qoidabuzar pichog‘ini tashladi. Uning qo‘llari kishanlanib, tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga yetkazildi”, - deyiladi xabarda.

Aniqlanishicha, haydovchi Shayxontohur tumanida yashovchi, muqaddam qasddan odam o‘ldirish va qasddan badanga yengil shikast yetkazish bilan sudlangan 43 yoshli Nusrat I. ekan. “Labo” avtomobili salonida ochiq holatdagi aroq va konyak shishalari topilgan.

Tuman prokuraturasi jinoiy ish qo‘zg‘atilishi masalasi bilan shug‘ullanmoqda. Toshkent shahar IIBB boshlig‘i xodimlarni rag‘batlantirish haqida topshiriq berdi.

Yangiliklar lentasi
0