Iqtisod

Bir necha oʻzbek-hind qoʻshma korxonalari tashkil etiladi

© Ministerstva innovatsionnogo razvitiya RUzBudet sozdanы uzbeksko-indiyskiye sovmestnыe predpriyatiya
Budet sozdanы uzbeksko-indiyskiye sovmestnыe predpriyatiya - Sputnik Oʻzbekiston
Hind kompaniyasi bilan meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashga moʻljallangan zavod qurilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, elita urugʻ ishlab chiqaruvchi va tomchilatib sugʻorish tizimlarini ishlab chiqarish boʻyicha oʻzbek-hind qoʻshma korxonasini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishilgan.

TOSHKENT, 9 dek – Sputnik. Innovatsion rivojlanish vazirligi delegatsiyasining Hindistonning Gujarat shtatiga amalga oshirgan safari doirasida qator loyihalarni amalga oshirish maqsadida “Natural Storage Solutions Pvt. Ltd.”, “Nath Bio-Genes”, “Paragon Irrigation Pvt. Ltd.” va boshqa kompaniyalar bilan anglashuv memorandumlari imzolandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

Taʼkidlanishicha, “Natural Storage Solutions Pvt. Ltd.” kompaniyasi bilan innovatsion texnologiyalar asosida meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga kelishildi. Mazkur loyiha boʻyicha innovatsion texnologiyalar asosida meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashga moʻljallangan zavod qurilishi rejalashtirilgan.

Dostupnoye jilye v v Sergeliyskom rayone Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Hindiston kompaniyasi Sergelida koʻp qavatli uylar quradi

“Nath Bio-Genes” kompaniyasi bilan hamkorlikda Samarqand viloyatida 20 gektar yer maydonida yuqori texnologiyalar asosida elita urugʻ ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi. Hozirda elita urugʻ ishlab chiqaruvchi oʻzbek-hind qoʻshma korxonasi uchun yer ajratish, xususan, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hududiga kiritish boʻyicha taklif ishlab chiqilmoqda.

“Paragon Irrigation Pvt. Ltd.” kompaniyasi bilan innovatsion texnologiyalar asosida tomchilatib sugʻorish tizimlarini ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma korxonani tashkil etiladi. Hozirda korxona uchun yer ajratish, xususan, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hududiga kiritish boʻyicha taklif ishlab chiqilmoqda. Kelgusida mazkur hind kompaniyasi bilan tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini ishlab chiqarishni tashkil etish koʻzda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala