WADA Rossiyani rasman musobaqalardan 4-yilga chetlashtirdi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishSportsmenki sbornoy Rossii po fextovaniyu na sablyax i starshiy trener sbornoy Rossii
Sportsmenki sbornoy Rossii po fextovaniyu na sablyax i starshiy trener sbornoy Rossii  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaqin yillarda Rossiya o‘zida jahon chempionatini qabul qila olmaydi va ularni o‘tkazishni so‘rab, ariza topshira olmaydi. Qaror yakdillik bilan qabul qilingan.

TOShKENT, 9 dek - Sputnik. Butunjahon antidoping agentligi (WADA) ijroiya qo‘mitasi Rossiyani yirik musobaqalarga ishtirok etish huquqidan 4-yilga mahrum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, qaror yakdillik bilan qabul qilingan.

Ijroiya qo‘mitasi Rossiyaga xalqaro turnirlarni qabul qilishni va yaqin yillarda ularni o‘tkazishni so‘rab, ariza bilan murojaat qilishni taqiqlagan. Shuningdek, Rossiya antidoping agentligini (RUSADA) maqomidan mahrum etgan.

Prezident Mejdunarodnoy federatsii fextovaniya biznesmen Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Usmonov rossiyalik sportchilarni himoya qildi

Qolaversa, rossiyalik davlat xizmatchilariga va Rossiya Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitalari rahbariyatiga xalqaro sport musobaqalarga borishni taqiqlagan.

WADA qarori 21 kundan yoki Sport arbitaj (CAS) shikoyat arizasi ko‘rib chiqilgandan keyin qonuniy kuchga kiradi.

Rossiyalik sportchi va murabbiylar agar ular WADA kodeksini buzmaganliklarini isbotlay olishsa, ularga musobaqalarda ishtirok etishga ruxsat beriladi. Ammmo ular faqat neytral bayroq ostida ishtirok etishlari mumkin.

Ushbu qaror rossiyalik davlat arboblarining keskin tanqidiga uchradi.

“Bu Rossiya sportiga bo‘lgan juda kuchli zarba. Menimcha, mamlakatimiz hukumati tomonidan, avvalo prezident tomonidan qattiq munosabat bildirilishi zarur. Zeroki, bugungi kunda Rossiya bu sohada tartib o‘rnatish aynan uning vakolatida”, - dedi RIA Novostiga Davlat dumasi vitse-spikeri, Rossiya futbol ittifoqi ijroiya qo‘mitasi a’zosi Igor Lebedev.

Vizit glavi MID RF S. Lavrova v Slovakiyu - Sputnik O‘zbekiston
Lavrov WADA᾽ning Rossiyani chetlatish tavsiyasiga munosabat bildirdi

Rossiya sport assotsiatsiyalari rahbarlari ham o‘z fikrlarini bildirishdi.

“Qo‘l qovushtirib o‘tirmaslik kerak. Oxirigacha borish kerak. Bularning barchasiga aloqasi bo‘lmagan sportchilar taqdirini bunday hal qilish mumkin emas”, - degan RIA Novostiga Rossiya Chang‘i poygasi federatsiyasi rahbari Yelena Valbe.

Eslatib o‘tamiz, WADA qo‘mitasi Rossiyani RUSADA ma’lumotlari bilan manipulyatsiya qilganlikda gumon qilgan. Shu bois RUSADAni WADA kodeksiga mos kelmasligi e’tirof etilgan. Agentlik Rossiya tarafiga 31 ta savol yo‘llagan. Ekspertlar barcha punktlarga javob berishgan.

Ishbilarmon, Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti Alisher Usmonov rossiyalik sportchilarni himoya qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, dopingga qarshi ayovsiz kurash sudsiz jazolashga va bitta o‘sha qoidabuzarlik uchun yangi sansiyalar qo‘llanishiga aylanmasligi kerak.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham, o‘z navbatida, “Rossiyani o‘zini himoya qilayotgan ahvolga, ayblanuvchi ahvoliga solishni istaganlar borligini” ta’kidlagan edi.

Yangiliklar lentasi
0