WADA rossiyalik sportchilarga ultimatum qo‘ydi

Obuna bo‘lish
Yo betaraf bayroq ostida ishtirok etasan, yo umuman ishtirok etmaysan - WADA rossiyalik sportchilar oldida tanlov qo‘ydi.

Xalqaro antidoping qo‘mitasi (WADA) rossiyalik sportchilarni 4-yilga xalqaro nufuzli musobaqalarda ishtirok etish huquqidan hamda Rossiyada ana shunday musobaqalar tashkil qilish huquqidan mahrum qildi. 

WADA aytishiga ko‘ra, faqat Rossiya antidoping qo‘mitasi faoliyatiga qaratilgan bo‘lib, u hech qanda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ymagan sportchilar uchun yirik xalqaro musobaqalarda ishtirok etish huquqini saqlab qolgan. Lekin sportchilar faqat neytral bayroq ostida musobaqalarda ishtirok etishlari mumkin. Rossiya bayrog‘idan foydalanish ta’qiqlanadi. 

WADA shuningdek rossiyalik sport amaldorlari va rasmiy shaxslarini ham musobaqalarda ishtirok etishini ta’qiqlagan. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada doping mojarosi 2014 yilda Sochi Olimpiadasidan so‘ng boshlangan edi. O‘shanda xorijga qochib ketgan Moskva antidoping laboratoriyasi direktori Grigoriy Rodchenkov ko‘rsatmalariga asosan, Rossiyani doping-sinovlari bilan bog‘liq firibgarlikda ayblashgandi. 

Moskva, o‘z navbatida ushbu ayblovlarni rad etib, ushbu ish siyosiylashtirilganini ta’kidlamoqda.  

Yangiliklar lentasi
0