Iqtisod

Mirziyoyev 2020 yil uchun byudjetni imzoladi

© SputnikPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev 2020 yil uchun Oʻzbekiston Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonunga imzo chekdi. Hujjat bilan 2020 yilda byudjet jarayoni ishtirokchilari oʻrtasida byudjet vakolatlari taqsimlandi.

TOSHKENT, 10 dek — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 2020 yil uchun Oʻzbekiston Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonunga imzo chekdi.

Qonun bilan 2020 yilda byudjet jarayoni ishtirokchilari oʻrtasida byudjet vakolatlari taqsimlandi.

Shuningdek, byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablagʻlarga oʻzgartirish kiritish tartibi belgilandi.

Qonun bilan respublika byudjetining daromadlari prognozi va xarajatlari, mahalliy byudjetlarning daromadlari va xarajatlari prognozlari belgilandi.

Monetы - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Senatorlar 2020 yil uchun Oʻzbekiston davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonunni maʼqulladi

2020 yil uchun ayrim soliqlar va toʻlov stavkalari tasdiqlandi.

Jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi stavkalari, mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari kabilar shular jumlasidandir.

Qonunga koʻra, bir qator xarajatlar respublika byudjetidan moliyalashtirishga, ayrim xarajatlar mahalliy byudjetdan moliyalashtirishga oʻtkaziladi.

Jumladan, fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan tayinlanadigan ijtimoiy nafaqalar boʻyicha xarajatlar tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtirishga oʻtkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala