Namanganga reys nega kechiktirildi: bortdagi mushtlashuv va Uzbekistan Airways javobi

© Facebook / Raxmad SobirovV Seti poyavilos foto novogo samoleta Shavkata Mirziyoyeva
V Seti poyavilos foto novogo samoleta Shavkata Mirziyoyeva - Sputnik Oʻzbekiston
Samolyot uzoq vaqt ushlanib qolgach, yoʻlovchilarning sabri tugagan. Ular agressiv tarzda ob-havo sharoitlaridan qatʼiy nazar samolyotni Namanganga uchirishni talab qila boshlaganlar

TOSHKENT, 10 dek - Sputnik. Kuni kecha,9 dekabr kuni Oʻzbekistonda Namangan-Toshkent reysi hech bir sababsiz yarim kunga qoldirildi. Bu esa bortda bort xodimlari ishtirokida kichik janjalni yuzaga keltirdi. Bir necha yoʻlovchilar reysdan qoldirilgan.

Krыlo samoleta Natsionalnoy aviakompanii Uzbekistan Airways - Sputnik Oʻzbekiston
Tuman sababli Namangan va Fargʻonagi aeroportlar reyslarni qabul qilmayapti

Shundan soʻng Uzbekistan Airways kompaniyasi shoshilinch ravishda izoh berishga majbur boʻldi.

"Namangan" aeroportida meteosharoit qayta yomonlashgani yoʻlovchilarning samolyot bortida uzoq vaqt kutib qolishlariga sabab boʻldi. Baʼzi yoʻlovchilar vaziyatga agressiv tarzda munosabat bildirib, ob-havo sharoitlaridan qatʼiy nazar samolyotni Namanganga uchishini talab qila boshladilar.

Namangan” aeroporti ochilgani haqida maʼlumot olinishi bilan komandir uchishga qaror qildi va yoʻlovchilarni bortga chiqishlari mumkinligi eʼlon qilindi. Samolyotga chiqqach tajovuzkorona ruhdagi yoʻlovchilar katta bortkuzatuvchiga tashlandilar, unga ogʻir tan jarohati yetkazdilar. Oxir oqibat ekipajning oʻzgarishiga sabab boʻlgan yoʻlovchi ayol bilan jami 5 nafar yoʻlovchilar tarmoq ichki ishlar boʻlimi xodimlari tomonidan qatnovdan chetlatildilar. Shuni qayd etish zarurki, shu vaqt davomida rahbariyat Savdo-sotiq departamenti va “Uzbekistan Airways” ning Yer usti xizmati boshqarmasi mutaxassislari tushuntirirish ishlarini olib borishgan va yoʻlovchilar bilan doimiy aloqada boʻlib, ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha barcha choralarni koʻrishgan", - deyiladi  aviakompaniya izohida.

"Uzbekistan Airways" yoʻlovchilardan qish mavsumi davomida yomon ob-havo sharoitlari sababli uchish va qoʻnish aeroportlarida jadval oʻzgarishini toʻgʻri tushunishlarini soʻrab qolgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala