“Normand to‘rtligi” Parijda nimalar haqida kelishib oldi?

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishRabochiy vizit prezidenta RF V. Putina vo Fransiyu
Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina vo Fransiyu  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kecha Parijda Vladimir Putin, Angela Merkel, Emmanuel Makron va Vladimir Zeleneskiylar ishtirokida “Normand to‘rtligi”  uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 10 dek – Sputnik. “Normand to‘rtligi” davlatlari rahbarlari kecha Parijda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Ukrainadagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishdilar, RIA Novosti xabariga asosan.

Vidi Moskvi - Sputnik O‘zbekiston
Kreml “normand sammiti” sanasini tasdiqladi: Putin va Zelenskiy ilk bor yuzma-yuz uchrashadi

Ular, xususan, 2020-yilning mart oyiga qadar Donbassda qurollli kuchlarni to‘liq ajratish, 30 kun ichida yana 3ta chegara-nazorat punkti ochish, “Qizil xoch” jamiyatiga barcha hibsda ushlab turilgan shaxslarni ko‘zdan kechirishga ruxsat berish va yil oxiriga qadar ikkala tomondan ham barcha asirlarni barcha asirlarga almashtirish haqida kelishib olishdi.

Normand to‘rtligining navbatdagi uchrashuvi yana 4 oydan so‘ng bo‘lib o‘tadi. Uning asosiy mavzusi Donbassdan saylov o‘tkazish bo‘ladi. Ushbu saylov natijalariga ko‘ra, Donbassga doimiy ravishda alohida maqom berilishi mumkin.

Rossiya prezidenti uchrashuv yakunida Emmanuel Makron va Angela Merkelga Yevropa barqarorligi uchun muhim bo‘lgan ushbu masalaga jiddiy yondashayotganlari uchun minnatdorlik bildirdi. Vladimir Putin fikriga ko‘ra, Donbassda “iliqlik” sodir bo‘lmoqda va vaziyat to‘g‘ri tomonga rivojlanmoqda.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev Parijda erishilgan barcha kelishuvlarni bajarishga tayyor ekanini, lekin Ukraina doimo unitar davlat bo‘lib qolishini va hech qachon “federatsiya”ga rozi bo‘lmasligini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0