Hodisalar

Peterburg metrosida terakt uyushtirganlar ustidan hukm oʻqildi

© Sputnik / Aleksandr Galperin / Fotobankka oʻtishZasedaniye suda po delu o terakte v metro Sankt-Peterburga
Zasedaniye suda po delu o terakte v metro Sankt-Peterburga - Sputnik Oʻzbekiston
Sankt-Peterburg metrosining "Sennaya ploщad" va "Texnologicheskiy institut" bekatlari orasida sodir boʻlgan portlash oqibatida 16 kishi kishi halok boʻlgan. Teraktning asosiy ayblanuvchisi umrbod ozodlikdan mahrum qilindi.

TOSHKENT, 10 dek — Sputnik. Sud  Peterburg metrosida terakt uyushtirish ishi boʻyicha asosiy ayblanuvchi Abror Azimovni umrbod qamoq jazosiga mahkum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Ikkinchi gʻarbiy okrug harbiy sudi Azimovni terrorchilar uyushmasida ishtirok etish va tanishlarini unga jalb etish, terakt uyushtirish, noqonuniy qurol aylanmasi hamda portlovchi moddalar va portlovchi qurilmalarni tayyorlash, saqlash va tashishda aybdor deb topgan.

Zasedaniye suda po delu o terakte v peterburgskom metro - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Sankt-Peterburg metrosida terakt uyushtirganlikda ayblanuvchilar aybini tan olishmadi

Boshqa ayblanuvchilar 19 yildan 28 yilgacha ozodlikdan mahrum qilingan. Sud Akram Azimov, Ibragim va Muhammadyusuf Ermatovlarni jinoyatlar majmuasiga koʻra 28 yilga ozodlikdan mahrum qilgan. Prokuror ularni ham umrbod ozodlikdan mahrum qilishni soʻragan edi.

Sodiq Ortiqov 22 yilga “kesildi”. Shohista Karimova, Muhamadyusuf Mirzaalimov, Azamjon Mahmudov va Dilmurod Muidinovlar 20 yil umrini panjara ortida oʻtkazadi. Sayfulla Hakimov va Bahrom Ergashev 19 yil qamoq jazosi tayinlangan.

Sudda ularning ayblari isbotlangan.

Barcha sudlanuvchilar 500 mingdan 800 ming rublgacha jarimaga tortilgan.

Metrodagi portlash

2017 yil 3 aprel kuni Sankt-Peterburg metrosining "Sennaya ploщad" va "Texnologicheskiy institut" bekatlari orasida vagon ichida portlash sodir boʻldi. Fojiada 16 kishi, jumladan, xudkush terrorchi Akbarjon Jalilov qurbon boʻldi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala