Iqtisod

Jahongir Artikxodjayev tadbirkorlarga qanday vaʼdalar berdi?

© Ramiz BaxtiyarovJaxongir Artikxodjayev, ispolnyayuщiy obyazannosti xokima goroda Tashkenta
Jaxongir Artikxodjayev, ispolnyayuщiy obyazannosti xokima goroda Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻz biznesini halol va pok yuritayotgan, qonunga itoatkor tadbirkorlarimiz faoliyati, kafolat bilan aytishimiz mumkinki, albatta shahar hokimligi tomonidan yuksak qadrlanadi, deyiladi Artikxodjayev murojaatida.

TOSHKENT, 10 dek - Sputnik. Toshkent shahar hokimi Jahongir Artikxodjayev joriy yil 10 oy davomida Toshkent shahrida tadbirkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida hisobot berdi hamda yangi yilda tadbirkorlar uchun yaratilishi koʻzda tutilayotgan yangiliklar bilan boʻlishdi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Pered vxodom v punkt obmena valyutы - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda tadbirkor hukumat lavozimlarida ishlashi mumkinmi - partiyalar bahsi

Raqamlar va faktlar

Artikxodjevning soʻzlariga koʻra, shiddat bilan oʻzgarayotgan bugungi jarayonlarda poytaxtda tadbirkorlar soni ham ortib bormoqda. Xususan, Toshkent shahrida joriy yilning oʻtgan 10 oyida 16 mingdan ortiq yangi tadbirkorlik subʼyektlari tashkil etilgan, yil yakuniga qadar yana 8 mingdan ziyod tadbirkorlik subʼyektlari tashkil etilishi kutilmoqda.

Faoliyatini toʻxtatgan tadbirkorlarning 4 ming nafari oʻz faoliyatini 10 oy ichida qayta tiklagan.

Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan jami korxona va tashkilotlarning 88 foizi kichik tadbirkorlik subʼyektlari hisoblanadi. Toshkent shahrining har 1000 nafar aholisiga 27 ta kichik korxona toʻgʻri kelmoqda va ularning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 62 foizga yetdi. 

Toshkent shahrida ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining 66 foizi kichik biznes tomonidan ishlab chiqarilmoqda.

Poytaxt tadbirkorlarini qaysi muammolar koʻproq qiynamoqda?

Tahlillarimiz shuni koʻrsatmoqdaki, Toshkent shahrida tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyishdagi muammolarning 30-40 foizi yer yoki bino ajratish masalasi bilan bogʻliq. 

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na videoselektornom soveщanii po voprosam usileniya vnimaniya k molodeji - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Mirziyoyev aholini tadbirkorlikka qiziqtira olmayotgan amaldorlarni qattiq ogohlantirdi

"Bu masala avvalo, bizning - hokimiyat vakillarining tadbirkorlarni rozi qilishdagi eng ogʻriqli muammolarimizdan biriga aylangan. Bu yoʻnalishda biz albatta ochiq, shaffof va adolatli yangi tizim yaratamiz. Buning uchun, qisqa muddatlarda Toshkent shahrining Bosh rejasini ishlab chiqib, tasdiqlanishini tezlashtirishimiz zarur. Bunda, birinchi navbatda shahrimizda yaratilgan istirohat bogʻlari va yashil hududlarni kelajak avlodga saqlab qolish, ularni buzilib, qurilish maydoniga aylanib ketishini oldini olish uchun barcha choralarni koʻramiz", - deydi Toshkent hokimi.

Hokim soʻzlariga koʻra, poytaxtda boʻsh yoki samarasiz foydalanilayotgan yer maydonlari va binolar negizida zamonaviy biznes uchun binolarni joylashtirish kontseptsiyasini ishlab chiqib, kontseptsiya asosida tadbirkorlar uchun binolarni tayyor holda qurib berish rejalashtirilmoqda.

Toshkent shahridan oqib oʻtuvchi daryo va kanallar atrofidagi yerlardan oqilona foydalanish maqsadida, loyihalar asosida tadbirkorlar uchun joylar ajratilishi vaʼda qilinmoqda.

Murojaatning asl maqsadi

"Ushbu murojaatimning asosiy maqsadi, bundan keyin tadbirkorlar uchun hech qanday toʻsiqlar boʻlmasligi, Toshkent shahrida xalq deputatlari, shahar hokimi, barcha rahbarlar, hokimlar Sizlarga yaqindan koʻmakchi boʻlishimiz, doimiy ravishda tadbirkorlar ogʻirini yengil qilish bilan shugʻullanib, tadbirkor uchun barcha yoʻllar ochiqligini Sizlarga yetkazishdan iborat", - deyiladi murojaat matnida.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Tadbirkorlik sohasidagi islohotlar bajarilishini bosh vazir nazorat qiladi

Taʼkidlanishicha, hokimlar, sektorlar va mutasaddi idoralar rahbarlariga murojaat qilish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa vositalarini tadbirkorlarga eʼlon qilishi koʻzda tutilgan. Yaʼni istalgan vaqtda ularga bevosita murojaat qilib, tadbirkorlik sohasida uchrayotgan toʻsiqlar, muammolar va takliflaringizni mutasaddi rahbarlarga yetkazish sharoitlari yaratiladi.

Hududiy ishchi guruhlar joylarda yurib, hokimlar va sektorlar rahbarlari bilan birga tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha ishlarni samarali tashkil etish bilan shugʻullanishadi.

"Bir narsani yodda tuting, oʻz biznesini halol va pok yuritayotgan, qonunga itoatkor tadbirkorlarimiz kafolat bilan aytishimiz mumkinki, albatta shahar hokimligi tomonidan yuksak qadrlanadi. Tadbirkor sifatida Vatanimiz ravnaqi, halqimiz farovonligi yoʻlida olib borayotgan mashaqqatli mehnatingizga muvaffaqqiyatlar tilaymiz!", deb oʻz murojaatini yakunlagan Toshkent hokimi.

Yangiliklar lentasi
0