Hodisalar

Odamlarni katta pulga aldagan "Xuman" rahbari uylari, mashinalari va pullari hibsga olindi

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Fotobankka oʻtishDenejnыe kupyurы i monetы raznыx stran
Denejnыe kupyurы i monetы raznыx stran - Sputnik Oʻzbekiston
Hozirda tergov harakatlari olib borilayotgan va sudda koʻrilayotgan jinoyat ishlari doirasida jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararlarni toʻliq qoplash choralari koʻrilmoqda

TOSHKENT, 11 dek - Sputnik. Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tomonidan "HUMAN" xususiy bandlik agentligi" MCHJ raxbari SH.Fayzullayevga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari yakunlandi.

Oxrannыy perimetr minskoy ispravitelnoy kolonii - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Firibgarlikda ayblanayotgan “Human” agentligi direktori ozodlikdami?

Fayzullayevga nisbatan Oʻzbekiston JKning 168-moddasi (Firibgarlik ishi) boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Ayblov xulosasi Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan 11.12.2019 yilda tasdiqlanib, jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati sudiga yuborilgan.

"Jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararni qoplash maqsadida ayblanuvchi SH.Fayzullayevga tegishli boʻlgan xonadonlar, avtomashinalar, kimmatbaho mol-mulklar xatlangan va naqd pullar olinib, IIV depozit hisob raqamiga topshirilgan", - deb xabar qilmoqda Bosh prokuratura matbuot-xizmati.

Shuningdek, "HUMAN" xususiy bandlik agentligi MCHJ mansabdor shaxslari tomonidan fuqarolardan olingan juda koʻp miqdordagi pul mablagʻlari 11 ta xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarga turli-xil yoʻllar bilan koʻchirish orqali oʻzlashtirilgan qismi jinoyat ishi qoʻzgʻatgan xolatda alohida ish yurituvga ajratildi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilayotgan va sudda koʻrilayotgan jinoyat ishlari doirasida jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararlarni toʻliq qoplash choralari koʻrilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala