O‘zbekistonda aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi joriy etildi

© Shaxar Kurilish investDostupnoe jilye v v Sergeliyskom rayone Tashkenta
Dostupnoe jilye v v Sergeliyskom rayone Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi tartib qishloq joylarda – Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari shaharlariga va tuman ma’muriy markazlariga tutash hududlarda, Toshkent shahrida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida joriy etiladi.

TOShKENT, 10 dek — Sputnik. O‘zbekistonda prezident farmoni bilan aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi joriy etildi.

Farmonga ko‘ra, bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi joriy etildi.

Unga muvofiq:

Stroitelstvo jilix domov - Sputnik O‘zbekiston
Aholini uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi

- Moliya vazirligi pul mablag‘larini tijorat banklariga 15-yil muddatga bozor shartlari asosida joylashtiradi;

-  tijorat banklari aholiga o‘z mablag‘lari va Moliya vazirligi ajratadigan mablag‘lar hisobidan ipoteka kreditlarini taqdim etadi;

- Moliya vazirligidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan ipoteka kreditlari bozor stavkasi bo‘yicha taqdim etiladi. Bunda, qarz oluvchiga kredit uy-joyning joylashgan joyi va maydonini mustaqil tanlash huquqi bilan cheklangan miqdorda beriladi;

- ayrim shaxslarga (kam ta’minlangan, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj v.b.) ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun Davlat budjetidan subsidiyalar to‘lanadi.

Yangi tartib qishloq joylarda – Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari shaharlariga va tuman ma’muriy markazlariga tutash hududlarda, Toshkent shahrida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida joriy etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2020 yildan O‘zbekistonda aholini uy-joy bilan ta’minlashda yangi tizim joriy etilishi haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0