Dunyoda

Turkiya AQSH uchun Injirlik aviabazasini yopish bilan tahdid qildi

© AFP / TARIK TINAZAYAmerikanskiy F-16 nad turetskoy aviabazoy Indjirlik.
Amerikanskiy F-16 nad turetskoy aviabazoy Indjirlik. - Sputnik Oʻzbekiston
Qolaversa, Chavushoʻgʻli Turkiya Rossiya qiruvchilarini Amerikaning F-35 samolyotlari muqobili sifatida koʻrib chiqayotganini taʼkidlagan.

TOSHKENT, 11 dek — Sputnik. Agar Vashington Anqaraga qarshi Rossiyaning havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi S-400ni xarid qilganligi tufayli sanktsiya joriy etsa, Turkiya javob choralarini qabul qiladi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushoʻgʻli maʼlum qildi.

“Eng yomon snetsariyni baholaymiz va qaror qabul qilamiz. Agar Turkiyaga qarshi sanktsiya kiritsa, kun tartibiga Injirlik (Turkiya janubidagi Amerika bazasi – tahr.) va Kyurejik bazalariga oid masalalar chiqishi mumkin”, - deya vazir soʻzlaridan keltiradi RIA Novosti.

Zenitnыe raketnыe sistemы S-400 - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Tramp Turkiyaning S-400 xarid qilishida kim aybdor ekanini aytdi

Qolaversa, Chavushoʻgʻli Turkiya Rossiya qiruvchilarini Amerikaning F-35 samolyotlari muqobili sifatida koʻrib chiqayotganini taʼkidlagan. Agar AQSH yetkazib berishdan bosh tortsa, shunday ham boʻlishi mumkin.

“AQSH barcha takliflarimizga rad javobini bermoqda. Agar AQSH ijobiy munosabat bildirsa, biz ham shunday javob qaytaramiz. Biroq F-35 sotib ololmasak, demak, muqobilini izlaymiz. Bu Rossiya bozori ham, boshqasi ham boʻlishi mumkin”, - deb qoʻshimcha qilgan Chavushoʻgʻli.

Avvalroq u Rossiya S-400 tizimlarini sotib olish siyosiy masala emaslinini maʼlum qilgandi. Zero Turkiya bunga qadar AQSH va Frantsiyaga ulardan havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini sotib olish taklifi bilan murojaat qilgan edi. Biroq ular rozi boʻlishmagan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala