Jamiyat

UzAuto Motors yangi yil arafasida chegirma eʼlon qildi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaShevrole Treker
Shevrole Treker - Sputnik Oʻzbekiston
OʻzAvto Motors yangi yil bayrami arafasida oʻzining ikki modeliga besh va oʻn foizli chegirmalar eʼlon qildi.

TOSHKENT, 11 dek – Sputnik. UzAuto Motors yangi yil arafasida Oʻzbekiston aholisini bayram bilan tabriklab, ayrim modellariga chegirmalar eʼlon qildi.

Xususan, mijozlar avtomobil narxini 100 % toʻlagan taqdirda,  Malibu modeli uchun – 5 %, Tracker uchun – 10 % chegirmalar taqdim etiladi, deyilgan kompaniya xabarida.

Yangi yil aktsiyasi 11 dekabrdan 22 dekabrga qadar davom etadi. Aktsiyada Malibu-2 LT 1,5 Turbo, shuningdek Tracker LT A/T va M/T optsiyalari ishtirok etadi.

Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda UzAuto Motors xaridorlarga 9 xil avtomobillar taklif qilmoqda. Ular Nexia, Damas, Labo, Spark, Cobalt, Tracker, Lacetti, Malibu, Captiva modellaridir.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala