O‘zbekistonda xususiylashtirishda bozor iqtisodiyotiga mos tizimga o‘tiladi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPortfel s dokumentami
Portfel s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yig‘ilishda xususiylashtirish va korporativ boshqaruv bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash, davlat ishtirokidagi korxonalar rahbarlarini shu borada o‘qitish muhimligi qayd etildi.

TOShKENT, 11 dek — Sputnik. O‘zbekistonda xususiylashtirishda bozor iqtisodiyotiga xos va mos tizimga o‘tiladi. Bu haqda davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish natijadorligi va bu yo‘nalishdagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Shavkat Mirziyoyev yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yig‘ilishda xususiylashtirishga oid yondashuvlarni tubdan yangilash va bu borada bozor iqtisodiyotiga xos va mos tizimga o‘tish zarurligi ta’kidlangan.

Buni amalga oshirishda xalqaro ekspertlar jalb etiladi.

Xususiylashtirish va korporativ boshqaruv bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash hamda malakasini oshirish, davlat ishtirokidagi korxonalar rahbarlarini shu borada o‘qitish muhimligi qayd etildi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev eski usulda, samarasiz ishlayotgan davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatini jiddiy tanqid qilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0