TOSHKENT, 12 dek – Sputnik. Oʻzbekistonga snayper miltigʻining optik nishonga olish moslamasini olib kirishga uringan shaxs toʻxtatildi, deb xabar qildi DBQ matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “S.Najimov” chegara bojxona postiga qoʻshni davlatdan piyoda kirib kelgan fuqaro D.YO. ning yuklari belgilangan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.
© Press-slujba GTKOpticheskiy pritsel snayperskoy vintovki izʼyatыy na tamojne

Opticheskiy pritsel snayperskoy vintovki izʼyatыy na tamojne
Natijada, ushbu shaxs yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilmagan va bojxonachilarning ogʻzaki soʻrovida maʼlum qilinmagan 1 dona “Dragunov snayperlik miltigʻi”ning optik nishonga olish moslamasini yashirib olib oʻtayotganligi fosh qilindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.