Jamiyat

Xotin-qizlar qoʻmitasi otalar kunini bayram tariqasida kiritmoqchi

© Foto: Ramiz BaxtiyarovMolodaya semya gulyayet v parke na Dne nezavisimosti respubliki
Molodaya semya gulyayet v parke na Dne nezavisimosti respubliki - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Xotin qizlar qoʻmitasi Oʻzbekistonda alohida eʼtibor bilan nishonlanadigan sanalar qatoriga otalar kunini kiritish kerakligini taklif qilmoqda.

TOSHKENT, 12 dek – Sputnik. Xotin qizlar qoʻmitasi Oʻzbekistonda alohida eʼtibor bilan nishonlanadigan sanalar qatoriga otalar kunini kiritish kerakligini taklif qilmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining axborot xizmati xabarida keltirilgan.

Postradavshaya ot domashnego nasiliya jenщina iz Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Xotin-qizlar qoʻmitasi sadist er bilan yashab kelgan Muhayyoni doimiy nazoratga oldi

“Bizga balki “Otalar kuni” kerakdir. Chunki belgili sanalar odamga insonni qadrlashni oʻrgatadi, butun xalqning ongi va ruhiyatiga belgili kunga amal qilishni, shu sanani maʼrifiy odat tarziga aylantirishni singdiradi”, deyiladi xabarda.

Qoʻmita shuningdek, bugungi globalizatsiya davrida “ota” degan ulugʻ nom qadrsizlanib borayotganligiga ishora qilib, farzand tarbiyasida otaning roli kamayib ketgani, oilada ota maqomini tiklash kerakligi, erkak pedagoglar oʻquv dargohlarida kamligi bois otalarcha tarbiya usullari qoʻllanilmayotganiga toʻxtalgan.

Yangiliklar lentasi
0