Jamiyat

Moskvadagi Oʻzbekiston elchixonasida muddatidan oldin ovoz berish boshlandi

© Posolstvo UzbekistanaDosrochnoye golosovaniye na vыborax v Oliy Majlis v poslstve Uzbekistana v Moskve
Dosrochnoye golosovaniye na vыborax v Oliy Majlis v poslstve Uzbekistana v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Muddatidan oldin ovoz berish Moskvadagi Oʻzbekiston elchixonasida 12 dekabrdan 19 dekabrga qadar davom etadi.

TOSHKENT, 12 dek – Sputnik. Moskvada Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputatlar saylash uchun muddatidan oldin ovoz berish boshlandi, deb xabar  qilmoqda Oʻzbekiston elchixonasi matbuot xizmati.

Unda Moskva shahar va Moskva viloyatida va Rossiyaning Markaziy federal okrugida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari ishtirok etishlari mumkin. Saylovchilar oʻz fuqarolik burchlarini quyidagi manzillarda amalga oshirishlari mumkin:

  1. Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasida 31 saylov uchastkasi:
    Manzil: Moskva sh., Pogorelskiy pereulok, 12 uy;
  2. Moskvadagi Oʻzbekiston mehnat va mehnat munosobatlari vazirligi huzuridagi tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi vakolatxonasida 54-sonli saylov uchastkasi:
    Manzil: Moskva sh., 1-Kazachiy pereulok, 1 uy, 2 qurilish.

Muddatidan oldin ovoz berish  2019 yilning 12 dekabrdan 19 dekabrga qadar davom etadi. Ushbu kunlarda saylov uchastkalari Moskva vaqti bilan soat 11:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Ovoz berishda ishtirok etish uchun saylovchi shaxsini aniqlovchi xujjat  boʻlishi lozim:   fuqarolik pasporti, chet elga chiqish yoki diplomatik pasport, harbiy guvohnoma yoki Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnoma.

Qoʻshimcha maaʼlumot uchun quyidagi raqamlarga bogʻlaning: +7 977 296 07 26; +7 977 755 89 46. 

Yangiliklar lentasi
0