TOSHKENT, 12 dek – Sputnik. Uzmobile GSM kompaniyasi soʻnggi 2 oy ichida butun Oʻzbekiston boʻylab 84ta obʼyektda 236ta yangi GSM aloqasi bazaviy stantsiyalarini ishga tushirdi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.
Xususan, Qoraqalpogʻistonda - 2ta, Andijon viloyatida – 5ta, Buxoro viloyatida – 2ta, Jizzaxda – 5ta, Qashqadaryoda – 14ta, Namanganda – 1ta, Samarqandda – 6ta, Surxondaryo viloyatida – 3ta, Toshkent viloyatida – 7ta, Toshkent shahrida – 21ta, Fargʻona viloyatida – 14ta, Xorazm viloyatida – 4ta baza stantsiyalari oʻrnatildi.
Shunday qilib 2019 yilning 11 oyi davomida Oʻzbekistoda ishga tushirilgan obʼyektlar soni 1324taga, baza stantsiyalari soni 3533taga yetdi. Ushbu stantsiyalardan 800tasi qishloq joylarida joylashgan, - deyilgan kompaniya xabarida.
Bundan tashqari, Uzmobile CDMA tarmogʻini kengaytirish va modernizatsiya qilish uchun 1x va EVDO texnologiyalari boʻyicha yangi baza stansiyalari oʻrnatildi.
Yangi antenna-machta inshootlari, baza stansiyalari va zamonaviy uskunalarning oʻrnatilishi xizmatlarning sifatini oshirishga hamda aloqa hududini yaxshilshga imkon beradi, shuningdek yanada tezkor mobil Internet texnologiyalarini joriy etish uchun xizmat qiladi.