MSK matbuot xizmatiga rahbar tayinlandi

© Sputnik / Aleksey DrujininPortfel s dokumentami
Portfel s dokumentami  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
MSK matbuot xizmati rahbari lavozimiga Dilshodbek Nazirov tayinlandi. Nazirov 1975-yilda tug‘ilgan, Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – sharqshunos-filolog, arab tili va adabiyoti o‘qituvchisi.

TOShKENT, 13 dek – Sputnik. MSK matbuot xizmati rahbari lavozimiga Dilshodbek Nazirov tayinlandi.

Izvestniy uzbekskiy reper Shoxrux - Sputnik O‘zbekiston
Rep-qo‘shiqchi Shohruh o‘z nomzodini deputatlikka qo‘ydi

Dilshodbek Nazirov 1975-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – sharqshunos-filolog, arab tili va adabiyoti o‘qituvchisi.

2018 yil 6-yanvardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” teleradiokanali” davlat unitar korxonasi “O‘zbekiston 24” telekanali Xronikal-hujjatli filmlar va jurnalistik surishtiruvlar studiyasining bosh muharrir lavozimida ishlab kelmoqda.

O‘zbekistonda navbatdagi parlament saylovi 22-dekabrda bo‘lib o‘tadi. Saylov kampaniyasi 20-sentabrda boshlangan. O‘zbekistonda rasman beshta partiya – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi ro‘yxatdan o‘tgan.

Yangiliklar lentasi
0