Kelgusi haftadan Toshkent – Moskva yoʻnalishida avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilmoqda

© Press-slujba MintransaAvtobusnoye soobщeniye iz Tashkenta v Moskvu
Avtobusnoye soobщeniye iz Tashkenta v Moskvu - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Birinchi reys joriy yilning 19 dekabr kuni amalga oshiriladi. Chipta narxi 900 000 soʻm etib belgilangan.

TOSHKENT, 14 dek - Sputnik. 19 dekabr kuni Toshkentdan Moskvaga avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyiladi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Transport vazirligi axborot xizmati.

Agentstvo vneshney trudovoy migratsii - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Labor migration – mehnat migrantlarini himoya qiladi

Bu Transport vazirligining Rossiya Federatsiyasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan va yangi yil bayramini Oʻzbekistonda kutib olishni niyat qilgan vatandoshlarga va chet el fuqarolariga bayram tuhfasi ekanligi maʼlum qilingan.

Qatnovlar "Uzautotrans Service" korxonasi tomonidan zamonaviy Yutong avtobuslarida amalga oshiriladi.

Joriy yilning 19 dekabr kuni soat 12:00 da ilk avtobus Rossiya Federatsiya poytaxti Moskva shahri tomon "Toshkent" avtovokzalidan yoʻlga chiqadi. Mazkur yoʻnalish boʻyicha chipta narxi 900 000 soʻm etib belgilangan. 

Ushbu yoʻnalish boʻylab muntazam avtobus qatnovlari haftasiga ikki marotaba dushanba va payshanba kunlariga belgilangan. Avtobuslar "Toshkent" avtovokzalidan soat 12:00 da yoʻlga chiqadi. 22 dekabr kuni esa Moskvadagi "Novoyasenevskaya" avtostantsiyasiga Moskva vaqti bilan soat 14:00 da yetib boradi.

Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda Rossiya Federatsiyasining Nijniy Novgorod va Qozon shaharlariga ham muntazam avtobus qatnovlari amalga oshirib kelinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0