Iqtisod

Mirziyoyev "Bankrotlik toʻgʻrisida"gi qonunga kiritilgan oʻzgartishlarni tasdiqladi

© PixabayPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Endilikda kelishuv bitimi bankrotlik taomili deb hisoblanmaydi. Qarzdor va kreditorlar iqtisodiy sud tomonidan bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishning har qanday bosqichida kelishuv bitimi tuzishga haqli.

TOSHKENT, 14 dek - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti "Bankrotlik toʻgʻrisida"gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi.

Oʻzbekistonda soxta bankrotlik uchun jarima miqdori oshirildi

Qonun bilan kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra, bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni qoʻzgʻatish uchun beriladigan arizada qarzdor va kreditorlarga toʻlov qobiliyatini tiklash yoki tugatish tartibotlari qoʻllashni koʻrsatgan holda murojaat etish huquqi berildi.

Kreditorlar yigʻilishida kreditorlar tomonidan ovoz berishda guruhlarga boʻlish va har bir kreditor guruhining ovozlari alohida inobatga olish amaliyoti joriy etildi.

Shuningdek, endilikda kelishuv bitimi bankrotlik taomili deb hisoblanmaydi. Qarzdor va kreditorlar iqtisodiy sud tomonidan bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishning har qanday bosqichida kelishuv bitimi tuzishga haqli.

Qonunga koʻra, bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrish muddati 1 oy etib belgilandi (Hozirga qadar bu muddat 2 oy edi).

Shu bilan birga, endilikda sud sanatsiyasi koʻpi bilan 24 oy muddatga joriy etiladi (Hozirga qadar 24 oy joriy etilib, iqtisodiy sud tomonidan koʻpi bilan 6 oyga uzaytirilishi mumkin edi).

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtibordan kuchga kiradi.

Yangiliklar lentasi
0