Analitika

Rossiyada Gʻarbni nega yaxshi koʻrishmaydi?

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishVid na Spasskuyu bashnyu Moskovskogo kremlya i xram Vasiliya Blajennogo so storonы parka "Zaryadye" v Moskve
Vid na Spasskuyu bashnyu Moskovskogo kremlya i xram Vasiliya Blajennogo so storonы parka Zaryadye v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
"Rossiya segodnya" xalqaro axborot agentligi Rossiya OAVlari Gʻarbga qarshi qaratilgan tashviqotlar bilan oʻz auditoriyasini zombilashtiradimi, degan savolga javob berdi. Zombilashtirar ekan, u qanday tashviqot boʻldi?

Viktor Maraxovskiy

Avval boshda muhimi haqida qisqacha. "Rossiya segodnya" mutaxassislari tomonidan oʻtkazilgan "Sakkizoyoq-1.1" tadqiqoti, joriy yilda oʻtkazilgan ikkinchi tadqiqot sanaladi. Birinchisi, oktyabr oyida oʻtkazilgan boʻlib, unda "Katta yettilik" davlatlaridagi OAVlarda eʼlon qilingan maqolalar tahlil qilingan va Gʻarb nega Rossiyani yaxshi koʻrmasligi haqida tahliliy maqola chop etilgan edi.

Kongress VADA - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Putin WADAning Rossiyani chetlatish boʻyicha qarorini siyosiylashgan, deb atadi

Tadqiqot natijalari anchayin qaygʻuli edi: maʼlum boʻlishicha, erkin dunyoning old OAVlari Rossiyani mutlaqo yaxshi koʻrmaydilar. Rossiya haqida ijobiy materiallar salmogʻi atigi ikki foiz edi, salbiylari — 25 barobar koʻp, 50 foiz. Rossiyani yaxshi koʻrmaydigan OAVlarning aksariyati Qoʻshma Shtatlarga qarashli boʻlib, bunda soʻz erkinligi doirasida Rossiya haqida chop etilgan maqolalarning 90 foizi salbiy va bor-yoʻgʻi 0,2 foizi — ijobiy edi, yaʼni besh yuzdan bir qismi ijobiy edi.

Ruslarga hurmat bilan munosabatda boʻlgan davlat - Italiya boʻlib chiqdi. Bu yerda Rossiya toʻgʻrisidagi urush-tahdidiy maqolalar soni maqtov-ijobiy maʼnodagi maqolalardan ikki karra koʻp edi.

Shundan soʻng tadqiqotchilar Rossiya OAVlari - telekanallar, radiostantsiyalar, gazetalar va internet resurslarga murojaat qilishdi. Shartli-xolis va shartli-muxolifat, deya olingan medialar oʻrganildi (shartli deyilishiga sabab, Rossiyada OAVning hukumatga yaqinligi darajasi uning rasmiy pozitsiyasiga mos tushmaydi, ashaddiy muxolifatchilar koʻpincha oliy uyushmalarning bir qismi ekanligi maʼlum boʻlib turadi).

Prezident Polshi Andjey Duda - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Polsha prezidenti Rossiyani NATO dushmani deb atashdan bosh tortdi

2019 yilning birinchi yarmida "Katta yettilik" davlatlariga bagʻishlangan materiallar tadqiq qilindi.

Kutilmagan yangilik maʼlum boʻldi.

Gʻarbga qarshi tashviqot davlat miqyosida hukm surishi va soʻz erkinligi yoʻqligi barchaga ayon boʻlgan Rossiyada - kollektiv Gʻarb davlatlariga qarshi ijobiy materiallar gʻarbning Rossiyaga qarshi koʻrsatkichlaridan bir necha marotaba koʻp edi.

Yana bir marta eslatib oʻtamiz, G7 OAVlari Rossiya haqida — 50 foiz negativ, 48 foiz neytral va ikki foiz ijobiy materiallar bergan.

Rossiya OAVlari G7 haqida — 71 foiz holatlarda neytrallikni saqlagan, 24 foiz tanqil va negativ berilgan, besh foiz holatlarda ijobiy materiallar yoritilgan.

Generalnыy sekretar NATO Yens Stoltenberg - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
NATO Rossiyani raqib sifatida yoʻq qilishga ahd qildi

Eng yorqin taqqoslashlar.

AQSH OAVlari Rossiya haqida: 90 foiz negativ. Rossiya OAVlari AQSH haqida: 30 foiz negativ. Rossiya nomiga amerikancha maqtovlar: 0,2 foiz. AQSH nomiga ruscha maqtovlar: ikki foiz. Toʻgʻri, tafovut katta emas, biroq oʻn marotaba koʻp, baribir.

Italiya OAVlari Rossiya haqida: 13 foiz holatlarda ijobiy materiallar, 25 foiz holatlarda salbiy. Rossiya OAVlari Italiya haqida: 14 foiz ijobiy va yetti foiz salbiy. Yaʼni Rossiya va Italiya bir-birini taxminan bir maromda maqtaydi, ammo Rossiya Italiyani toʻrt marotaba kam urishadi.

Va umuman: bu kim uchundir kutilmagan yangilik boʻlishi mumkin, biroq oʻzining Gʻarbga qarshi propagandasi bilan mashhur boʻlgan Rossiya OAVlarida birorta davlat faqatgina negativ tomondan tasvirlanmaydi. Hatto Rossiya haqida ijobiy gapirish "psixologik taʼqiqlangan" materiallarga kiruvchi AQSH, Buyuk Britaniya va Kanada haqida rossiya medialari asosan neytral yoki ijobiy gapirgan.

Shunday ekan, haqli savol tugʻiladi. Modomiki Rossiyada soʻz erkinligi yoʻq ekan va davlat Gʻarbga qarshi tashviqotni zoʻrlab tiqishtirar ekan, jin ursin, unda nega Rossiya OAVlari natijalari Gʻarb OAVlari fonida koʻproq plyuralizmni namoyon qilmoqda?

Kompleks PVO S-400 Triumf zastupil na boyevoye dejurstvo v Sevastopole - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Turkiya yo Rossiyani yo Gʻarbni tanlashi kerak – AQSH senati Turkiyaga ultimatum qoʻydi

Bu savolga anglash mushkul emaski, ikki xil javob bor.

Birinchisi: Gʻarb obʼyektiv ravishda xushfeʼl, Rossiya esa - yovuz. Shu bois, Rossiya haqida ezgu gap aytib boʻlmaydi, Gʻarb haqida esa - aytishga yomon gap topilmaydi.

Bu qiziq tushuntirish aslida — faqat, Rossiya yovuz kuch ekan, unda nega uning OAVlari "obʼyektiv" boʻla oladi. Axir ular hech qiyinchiliksiz havodan gʻarb yovuzliklari haqida uydirmalarni toʻqib tashlashga qodir boʻlmasmidi: axir britaniya "Tayms"ida Putin mushukchalarning dushmani ekanligi toʻgʻrisida yozishayapti-ku.

Izohning ikkinchi varianti: Rossiya bugun — mutlaqo Gʻarbga qarshi boʻlgan davlat emas. U shunchaki xudbin. Shunday ekan, uning OAVlari ham butun jahonga oʻz milliy manfaatlari mezanasidan qaraydi.

Agar biroz boʻrttiradigan boʻlsak buni quyidagicha tushuntirish mumkin— bir vaqtlar Rossiyani "Gʻarbning xom-ashyo quyrugʻi" deb hisoblashgan va ikkinchi variantni shu aqidaga nisbatan oʻziga xos remeyk, deb hisoblash mumkin. Hozirda Rossiya medialari nigohida Italiya — bu Rossiyaning turistik quyrugʻi, AQSH — Rossiyaning kino-oʻyin quyrugʻi, Germaniya — avtomobil quyrugʻi, Britaniya — musiqiy, Yaponiya — animatsiya va hokazo.

RF prezidenti Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Putin "Al-Qoida", Gorbachyov va Rossiyani oʻz vassaliga aylantirishga urinayotgan AQSH haqida

Rossiyada eng ommabop boʻlgan media mavzular roʻyxatidan ayon boʻlmoqda-ki, shov-shuvli favqulodda holatlar va sensatsiyalardan tashqari, oʻzga mamlakatlarning ichki shaxsiy hayoti Rossiya OAVlarini koʻpam qiziqtirmaydi.

AQSH haqida eng ommabop mavzu — ular oʻylab topgan "Rossiyaning saylovlarga ehtimoliy aralashuvi" mavzusidir.

Britaniya haqida eng ommabop mavzu — yana Rossiyaga ayb qoʻyilayotgan Brexit va Skripallardir.

Germaniya haqida — ikkiyoqlama munosabatlar va Ukraina.

Frantsiya haqida — ikkiyoqlama munosabatlar hamda "sariq jiletlar" Notr-Dam bilan.

Yaponiya haqida - tinchlik kelishuvi bilan bogʻliq holat.

Italiya haqida — turizm.

Paradoks, ammo shu ayon boʻlmoqda-ki, Rossiya mediasohasidagi "Gʻarbga qarshi tashviqot" - bu axborot rikoshetidan boshqa narsamas. Yaʼni Rossiyaga qarshi yogʻdirilayotgan dod-faryodlarning hikoyasi. Tabiiyki, bu dod-faryodlar (shuningdek, ularning ortidan sudralib keladigan sanktsiyalar va tahdidlar) Rossiya OAVlariga yoqmaydi.

Vertoletы nanosyat udar s vozduxa po pozitsiyam boyevikov v ramkax ucheniy Tsentr-2019. - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
"Markaz-2019" mashgʻulotlarining pinhona maʼnosi va real yakunlari: Gʻarb nega bezovtalandi

Ammo qaysidir davlat oʻzini mayli, doʻstona tutmasin, shunchaki, Rossiyaga qarshi fosh etuvchilarning old qatoridan joy olishga shoshilmasa - Rossiya mediasohasi unga barobar munosabatda boʻladi. Bu Kanada va Germaniyada oʻz isbotini topgan.

Bularning barchasidan yagona kutilmagan xulosaga kelish mumkin.

Bugungi umumlashtirilgan Gʻarb va Rossiya orasida aslida chuqur mafkuraviy jarlik mavjud. Shu maʼnodaki, umumlashtirilgan Gʻarb bugun ilgʻor mafkuraga toʻla, Rossiya — esa yoʻq.

Shu bois, gʻarb tashviqoti geylarni siquvga olayotgan korruptsiyalashgan laʼnati rossiya imperialistlariga nisbatan ommaviy birlashgan. Rossiyani esa gʻarb geylarining korruptsiyalashuvi darajasi shunchaki qiziqtirmaydi. Rossiya uni tinch qoʻyishlarini xohlaydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala