Hodisalar

Folbinga ishongan toshkentlik qiz ham yigitsiz, ham tilla taqinchoqsiz qoldi

© GUVDKoldunya
Koldunya - Sputnik Oʻzbekiston
20 yoshli folbin qizga bir yigitni “isitib” berishni vaʼda qilgan va undan 450 ming soʻm va umumiy qiymati 32,8 mln soʻmlik tilla taqinchoqlarini olgan. Tuzoqqa ilingan qiz ham yigitsiz, ham pulsiz qolgan.

TOSHKENT, 15 dek – Sputnik. Toshkentda fuqaroni firibgarlik yoʻli bilan chuv tushirgan ayolga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

IIBB xabariga koʻra, Mirobod tumani IIO FMBga 28 yoshli Z.A. firibgarning tuzogʻiga ilinib, pul va tilla taqinchoqlaridan ayrilgani aytib, shikoyat qilgan.

Mobilnыy telefon - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Oʻzbekistonliklarni yangicha firibgarlikdan ogohlantirishdi

Qizning soʻzlariga koʻra, 20 yoshli V.A. unga bir yigitni “isitib” berishni vaʼda qilgan. Xizmatlari evaziga undan 450 ming soʻm va umumiy qiymati 32,8 mln soʻmlik tilla taqinchoqlarini olgan.

Ammo folbin oʻz vaʼdasida turmasdan, pullarni ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Ushbu fakt asosida Oʻzbekiston JKning 168-moddasi (Firibgarlik) boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala