Jamiyat

Toshkentda qarovsiz qolgan “Gulshan” bogʻi oʻrniga klinika quriladi

© Xokimiyat TashkentaStolichnыy park "Gulshan"
Stolichnыy park Gulshan - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Taʼkidlanishicha, qurilish-loyiha ishlari bogʻdagi daraxtlarni inobatga olgan holda olib boriladi. Moratoriyga zid kelmagan holda katta daraxtlar joyida qolib, kichik daraxtar perimetr boʻylab boshqa joylarga oʻtkaziladi.

TOSHKENT, 15 dek – Sputnik. Toshkentda qarovsiz qolgan “Gulshan” bogʻi joyida klinika quriladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, hozirgi kunda Toshkent shahridagi aholi soni koʻpayib borayotganligi sababli tibbiyot xizmatlariga ehtiyoj ham ortib bormoqda. Shuni inobatga olgan holda Toshkent shahrida 100% davlat tasarrufida boʻladigan 4 ta koʻp tarmoqli klinika qurish koʻzda tutilgan.

Sotrudniki kommunalnыx slujb obrezayut derevya - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkentda bugun daraxtlarni yoppasiga kesish "epidemiyasi" koʻzga tashlanmayapti - Yunusov

Klinikalar 1-Tibbiyot akademiyasi, Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji, 2-Tibbiyot Akademiyasi hamda Gulshan bogʻi hududlarida barpo etilishi rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, IIV tasarrufidagi ushbu bogʻ hozirgi kunda qarovsiz ahvolga kelgan. Uning hududida koʻp tarmoqli tibbiyot klinikasi qurilishi barobarida atrofi ham obodonlashtiriladi.

“Shuni aytish joizki, qurilish-loyiha ishlari bogʻdagi daraxtlarni inobatga olgan holda olib boriladi. Prezident qarori bilan eʼlon qilingan moratoriyga zid kelmagan holda katta daraxtlar joyida qolib, kichik daraxtar perimetr boʻylab boshqa joylarga oʻtkaziladi”,  - deyilgan xabarda.

Hokimlik buni amalga oshirish maqsadida maxsus texnika xarid qilinganini qoʻshimcha qilgan.

Yangiliklar lentasi
0