O‘zbekistonda 1-martdan yer ajratish jarayoni yanada shaffof bo‘ladi

Obuna bo‘lish
Yer ajratish haqidagi hujjatlar 1 kun muddatda tegishli hokimliklarning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.

TOShKENT, 15 dek – Sputnik. O‘zbekistonda 2020-yil 1-martdan boshlab jismoniy va yuridik shaxslarga yer ajratish jarayoni yanada shaffof bo‘ladi. Bu prezidentning 13-dekabrdagi qarori bilan tasdiqlangan.

V Djizakskoy oblasti v ramkax realizatsii proyekta Blagoustroyennoe selo snosat starie doma - Sputnik O‘zbekiston
Bosh prokuratura o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylarga chora ko‘rmoqda

Qarorga muvofiq 2020-yil 1-martdan boshlab jismoniy va yuridik shaxslarga yer ajratish haqidagi hujjatlar qabul qilinganidan (rasmiylashtirilganidan) keyin 1 kun muddatda tegishli hokimliklarning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.

Xuddi shu kundan boshlab aholi maskanlarining me’moriy qiyofasini tubdan yangilash va obodonlashtirish, ularda kompleks qurilish va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirishga oid qarorlar dastlab o‘sha hududdagi aholi o‘rtasida muhokama qilinib, jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0