Amerika jurnali eng qudratli mamlakatlar reytingini tuzdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishKonsert v chest Dnya Rossii na Krasnoy ploshadi
Konsert v chest Dnya Rossii na Krasnoy ploshadi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
U.S.News jurnali “dunyodagi eng qudratli mamlakatlar” ro‘yxatini tuzdi. Kuchli uchlikka Rossiya, Xitoy va AQSh kiritilgan.

TOShKENT, 16 dek - Sputnik. Rossiya “dunyodagi eng qudratli mamlakatlar” ro‘yxati uchligidan o‘rin oldi. Reyting U.S.News jurnalida nashr etilgan.

V Rossii ispitali odnu iz samix moshnix pushek v mire - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada dunyoning eng qudratli pushkasi sinovdan o‘tkazildi - video

Uni tuzishda YaIM, aholi soni hamda aholi jon boshiga YaIM haqidagi ma’lumotlar kabi mezonlar inobatga olingan.

Jurnalistlarning fikriga ko‘ra, “dunyodagi eng qudratli davlatlar doimo yangiliklar sarlavhalarini egallab kelishadi, siyosiy maydonda katta ta’sirga ega va global iqtisodiy modellarni shakllantirishda asosiy rolni o‘ynashadi”.

Reytingda Rossiya ikkinchi o‘rinni egallagan. Uchlikka birinchi va uchinchi pog‘onani band etgan AQSh va Xitoy kiritilgan.

Slovakiya, Sloveniya, Yestoniya, Latviya va Litva reyting oxirida keltirilgan.

Yangiliklar lentasi
0