Hodisalar

Qozogʻistonda YTHga uchragan oʻzbekistonliklardan biri halok boʻldi

© PixabayZnak avariynoy ostanovki
Znak avariynoy ostanovki - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyadan qaytayotgan oʻzbekistonliklar Qozogʻistonda YTHga uchradi. Uch kishi jarohat olgan, bir kishi esa qurbon boʻlgan.

TOSHKENT, 16 dek — Sputnik. Rossiyadan qaytayotgan oʻzbekistonliklar Qozogʻistonda YTHga uchradi. Halokat oqibatida  bir nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi.

Zdaniye MID Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
TIV Orenburgdagi YTHda halok boʻlgan oʻzbekistonliklar toʻgʻrisida maʼlumot berdi

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga koʻra, YTH 13 dekabr kuni ertalab soat 9:30 larda Qaragʻanda viloyatining   “Qaragʻanda—Balxash” avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan. Yuz bergan toʻqnashuv oqibatida bir nafar Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan I.Y.ning vafot etgan. Qolgan uch nafar fuqaro (A.Y., V.K. va H.A.)  jarohatlanib, kasalxonaga yotqizilgan.

Ayni damda holat yuzasidan Qaragʻanda viloyati yoʻl politsiyasi tergov ishlarini olib bormoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti zarur hollarda Qozogʻistonning Nur-Sulton shahri, Aqmola, Shimoliy Qozogʻiston, Pavlodar, Qoʻstanay va Qaragʻanda viloyatlarida boʻlib turgan fuqarolar mamlakatning Nur-Sulton shahridagi elchixonasi raqami (+7-717-295-42-52)ga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib oʻtgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala