Bosh prokuratura ishdan asossiz ravishda bo‘shatilgan ayolga yordam berdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana
Zdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fuqaro N.A. fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarning ishga tiklashni rad etish haqidagi qarorlaridan norozi bo‘lib, O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga murojaat yo‘llagan.

TOShKENT, 17 dek – Sputnik. Fuqaro N.A. fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarning ishga tiklashni rad etish haqidagi qarorlaridan norozi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga murojaat yo‘llagan.

V Djizakskoy oblasti v ramkax realizatsii proyekta Blagoustroyennoe selo snosat starie doma - Sputnik O‘zbekiston
Bosh prokuratura o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylarga chora ko‘rmoqda

Aniqlanishicha, N.A. O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi direktorining 21.08.2017 yildagi 51-sonli buyrug‘i bilan mazkur muzeyning ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga ishga qabul qilinib, 29.12.2017 yildagi K-84-sonli buyrug‘iga asosan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 04.01.2018 yildan Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismi 1-bandiga asosan shtatlar soni qisqarganligi munosabati bilan bekor qilingan.

N.A.ning ishga tiklash haqidagi da’vosi FIB Mirobod tumanlararo sudida ko‘rilib, ushbu sudning 31.05.2018 yildagi hal qiluv qarori va Toshkent shahar sudi kassatsiya instansiyasining 07.12.2018 yildagi ajrimi bilan N.A.ning da’vo talablari rad etilgan.

Mazkur sud qarorlari Oliy sud fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining 27.05.2019 yildagi ajrimi bilan o‘zgarishsiz qoldirilgan.

N.A.ning murojaati Bosh prokuraturada ko‘rib chiqilib, ushbu holatda N.A. ishdan asossiz ravishda bo‘shatilganligi aniqlandi.

Gulnara Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Gulnora Karimovaning advokati nima sababdan O‘zbekistonga kiritilmadi – prokuratura bayonoti

Xususan, mehnat shartnomasi bekor qilingan vaqtda N.A. Madaniyat vazirining buyrug‘iga ko‘ra xizmat safarida bo‘lganligi va homilador bo‘lganligi hamda boshqa holatlar inobatga olinmasdan Mehnat kodeksining 102 (xodimni ogohlantirish), 137 (homilador ayol bilan mehnat shartnomasini bekor qilishni cheklash) va boshqa moddalari talablari buzilgan.

Shunga ko‘ra, Bosh prokuratura tomonidan yuqoridagi sud qarorlariga nisbatan 11.09.2019 yilda Oliy Rayosatiga protest kiritildi.

Oliy sud sudlov hay’ati tomonidan ish yangidan ko‘rib chiqilib, 04.11.2019 yilda N.A.ning da’vo talablari qanoatlantirildi.

Yangiliklar lentasi
0