Iqtisod

YEOIIga qoʻshilish Oʻzbekistonga JSTga aʼzo boʻlishiga toʻsqinlik qilmaydi - ekspert

Zamdirektora ISMI Sanjar Valiyev
Zamdirektora ISMI Sanjar Valiyev - Sputnik Oʻzbekiston
Ikkala tashkilot tomonidan qoʻyilgan qoida va talablar Oʻzbekiston bozorini tashqi savdo uchun yanada ochiqroq boʻlishga qaratilgan - bu respublika uchun foydalidir.

TOSHKENT, 17 dek – Sputnik. Jahon savdo tashkilotiga kirish masalasi Oʻzbekiston uchun dolzarb masala hisoblanadi, deb taʼkidladi Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining oʻrinbosari Sanjar Valiyev. Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabariga asosan.

“Men Oʻzbekistonning YEOIIga qoʻshilishi masalasi koʻrib chiqilayotgan bir vaqtda JSTga kirishiga toʻsqinlik qiladigan biron bir toʻsiqni koʻrmayapman. Chunki ikkala tashkilot tomonidan qoʻyilgan qoida va talablar Oʻzbekiston bozorini tashqi savdo uchun yanada ochiqroq boʻlishga qaratilgan. Bu biz uchun har jihatdan foydali”, - deydi mutaxassis.

Po Shikotanu mojno brodit bez provodnika. - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Kuril orollari masalasida Oʻzbekiston pozitsiyasi qanday?

Belarusdan tashqari YEOIIning barcha davlatlari JST aʼzosi hisoblanadi. Belarus ham 2020 yilda bu maqomga ega boʻladi. Shuning uchun hech qanday toʻsiqlar yoʻq.

SMTI vakili Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifi kun tartibiga ham toʻxtaldi.

Mutaxassis yadroviy qurolsizlanish mavzusi ham nihoyatda muhim ekanligi va bu borada ikkala mamlakatda ham oʻxshash tushuncha va vazifalar borligini taʼkidladi. Valiyev Toshkent yadro qurolidan voz kechish boʻyicha global harakatning tarafdori boʻlib qolayotganini taʼkidladi.

"Rasmiy Tokio ham bu yoʻnalishda jiddiy qadamlar tashlamoqda va biz bunday davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlaymiz. Bu masalalar juda muhim, ammo ushbu tashrif davomida ular markaziy ahamiyatga ega boʻlmaydi", - dedi Valiyev.

Uning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston rahbarining Yaponiyaga birinchi rasmiy tashrifi avvalambor davlatlar oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala